وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى مِرْيَةٍ مِّنْهُ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً أَوْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar ularga soat (qiyomat) to`satdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qur'on)dan shubhada bo`lishda davom etadilar.Куфр келтирганлар уларга соат (қиёмат) тўсатдан келгунича ёки қисир Кун азоби келгунича у(Қуръон)дан шубҳада бўлишда давом этадилар.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar to ularga toʻsatdan (Qiyomat) soati kelgunicha yoki tugʻmas (yaʼni, ertasi boʻlmagan) Kunning azobi kelgunicha (Qurʼon)dan shak-shubhadadirlar.Кофир бўлган кимсалар то уларга тўсатдан (Қиёмат) соати келгунича ёки туғмас (яъни, эртаси бўлмаган) Куннинг азоби келгунича (Қуръон)дан шак-шубҳададирлар.
Ushbu oyati karimada qiyomat toʻsatdan qoim boʻlishiga ishorat qilish bilan birga u kuni «qisir kun» deb taʼrif ham qilinmoqda. Odatda biror yaxshilik chiqmaydigan narsani «qisir» deyiladi. Qiyomat kunida kofirlar uchun hech bir yaxshilik chiqmagani uchun ham ularga nisbatan u kun qisir boʻlishi turgan gap.
Kofirlar qiyomatgacha Qurʼoni Karim Allohdan kelgan haq ekaniga shubhada boʻladilar. Shuning uchun, iymon keltirmaydilar. Lekin bu bilan faqat oʻzlariga ziyon qiladilar, xolos. Chunki: