وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَيُؤْمِنُوا۟ بِهِۦ فَتُخْبِتَ لَهُۥ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ilm berilganlar u(Qur'on) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bog`lanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qilguvchidir.Илм берилганлар у(Қуръон) Роббингдан келган ҳақ эканини билишлари, унга иймон келтиришлари ва қалблари унга боғланиб, таскин топиши учундир. Албатта, Аллоҳ иймон келтирганларни тўғри йўлга ҳидоят қилгувчидир.Alauddin Mansour: Va ilm ato etilgan kishilar u (Qurʼon) Parvardigoringiz tomonidan kelgan Haqiqat ekanini bilib, unga iymon keltirishlari, bas, dillari u sababli taskin topishi uchun (Alloh shunday qilur). Darhaqiqat, Alloh iymon keltirgan zotlarni Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilguvchidir.Ва илм ато этилган кишилар у (Қуръон) Парвардигорингиз томонидан келган Ҳақиқат эканини билиб, унга иймон келтиришлари, бас, диллари у сабабли таскин топиши учун (Аллоҳ шундай қилур). Дарҳақиқат, Аллоҳ иймон келтирган зотларни Тўғри Йўлга ҳидоят қилгувчидир.
Oyati karimadagi
«ilm berilganlar»dan murod musulmonlardir. Demak, bu holat Qurʼoni Karimning Alloh taolodan kelgan haq ekanini yana bir bor bilishlariga, unga boʻlgan iymonlarining yanada quvvatlanishiga, qalblari Qurʼoni Karimga qattiqroq bogʻlanib, taskin topishiga sabab boʻladi. Misol uchun, Abdulloh ibn Ummu Maktum qissasini olaylik. Ulamolarimiz hozirgacha ushbu qissani Qurʼon Allohning kalomi ekaniga eng ulkan dalil qilib keltiradilar. Chunki, Qurʼon Muhammad sollallohu alayhi vasallamning soʻzlari boʻlganida, u zot oʻzlarini oʻzlari doʻstu dushman ichida xijolat qilmas edilar. Qurʼon haqiqatan ham Allohning kalomi boʻlganidan, Abdulloh ibn Ummu Maktumning yonini olib, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni itob qiluvchi oyatlar tushdi, deydilar. Bunday holatni koʻrgan oz sonli musulmonlar Qurʼon Alloh tomonidan kelgan haq ekaniga yana bir bor shohid boʻldilar. Unga boʻlgan iymonlari yana ham quvvatlandi, qalblari Qurʼonga yana ham qattiqroq bogʻlanib, taskin topdi.
«Albatta, Alloh iymon keltirganlarni toʻgʻri yoʻlga hidoyat qilguvchidir.»
Ularni ikki dunyo saodati yoʻliga, Islom yoʻliga hidoyat qilguvchidir. Iymon keltirmaganlarga esa, ikki dunyoning badbaxtlik yoʻli, Islomsiz yoʻl boʻlur. Chunki: