QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят58

وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ قُتِلُوٓا۟ أَوْ مَاتُوا۟ لَيَرْزُقَنَّهُمُ ٱللَّهُ رِزْقًا حَسَنًا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh yo`lida hijrat qilganlar, so`ngra o`ldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh go`zal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir.Аллоҳ йўлида ҳижрат қилганлар, сўнгра ўлдирилиб ёки вафот этганларни, албатта, Аллоҳ гўзал ризқ ила ризқлантирур. Албатта, Аллоҳ ризқ бергувчиларнинг энг яхшисидир.Alauddin Mansour: Alloh yoʻlida hijrat qilgan, soʻngra qatl qilingan yoki vafot topgan zotlarni albatta Alloh goʻzal rizq (yaʼni, mangu jannat) bilan rizqlantirur. Darhaqiqat, Allohning Oʻzigina eng yaxshi rizq berguvchidir.Аллоҳ йўлида ҳижрат қилган, сўнгра қатл қилинган ёки вафот топган зотларни албатта Аллоҳ гўзал ризқ (яъни, мангу жаннат) билан ризқлантирур. Дарҳақиқат, Аллоҳнинг Ўзигина энг яхши ризқ бергувчидир.

339-sahifa · 17-juz · 34-hizb339-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларهَاجَرُوا۟hijrat qilganlarҳижрат қилганларفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohАллоҳثُمَّsoʻngraсўнграقُتِلُوٓا۟oʻldirildilarўлдирилдиларأَوْyokiёкиمَاتُوا۟vafot etdilarвафот этдиларلَيَرْزُقَنَّهُمُalbatta, ularni rizqlantirurалбатта, уларни ризқлантирурٱللَّهُAllohАллоҳرِزْقًاrizq ilaризқ илаحَسَنًۭا ۚgoʻzalгўзалوَإِنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَهُوَalbatta, Uning Oʻziалбатта, Унинг Ўзиخَيْرُeng yaxshisidirэнг яхшисидирٱلرَّٰزِقِينَrizq berguvchilarningризқ бергувчиларнинг
TafsirТафсир

Hijrat Alloh yoʻlida vatandan, qarindosh-urugʻdan, molu dunyodan, turli qulayliklardan uzoqda boʻlishdir. Hijrat barcha Paygʻambarlar, ulugʻ zotlar boshidan oʻtkazgan holatdir. Islomda esa, Islom Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam va u kishining safdoshlari–sahobalarning bir qismi hayotidagi katta sinovdir. Alloh taolo ularning Makkadan Madiynaga qilgan hijratlaridan soʻng Islomga fathu futuh, shonu shavkat berdi.

Hijrat Alloh yoʻlidagi buyuk fidokorlikdir. Shuning uchun ham, u Islomda yuqori baholanadi. Muhojirlar madhi Qurʼoni Karimda, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida ham koʻplab aytilgan. Ushbu oyatda ham Alloh yoʻlida hijrat qilganlarning madhi kelmoqda.

«Alloh yoʻlida hijrat qilganlar, soʻngra oʻldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh goʻzal rizq ila rizqlantirur.»

Maʼlumki, bu oyat moʻminlarga kofirlar bilan urush qilishga izn berilganidan keyin nozil boʻlgan. Urush boʻlganidan keyin, oʻlim ham boʻladi. Urushda esa, muhojirlar ham qatnashganlar. Kofirlarga qarshi jihodda shahid boʻlgan muhojirlar goʻzal rizqqa– jannatga sazovor boʻlishlari turgan gap. Ammo oyatda urushda oʻlmay, oʻz ajali bilan vafot etgan muhojirlarni ham Alloh taolo albatta goʻzal rizq bilan rizqlantirishi haqida soʻz ketmoqda. Bu esa, hijratning fazli naqadar ulugʻ ekanini koʻrsatadi. Hijrat qilmoqlikning oʻzi buyuk sharafdir.