QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят59

لَيُدْخِلَنَّهُم مُّدْخَلًا يَرْضَوْنَهُۥ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَلِيمٌ حَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, U zot ularni o`zlari rozi bo`ladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va haliym Zotdir.Албатта, У зот уларни ўзлари рози бўладиган жойга киритур. Албатта, Аллоҳ ўта билгувчи ва ҳалийм Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta (Alloh) ularni Oʻzlari rozi boʻladigan joyga — jannatga doxil qilur. Darhaqiqat, Alloh bilguvchi va halimdir.Албатта (Аллоҳ) уларни Ўзлари рози бўладиган жойга — жаннатга дохил қилур. Дарҳақиқат, Аллоҳ билгувчи ва ҳалимдир.

339-sahifa · 17-juz · 34-hizb339-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَيُدْخِلَنَّهُمalbatta, ularni kiriturалбатта, уларни киритурمُّدْخَلًۭاjoygaжойгаيَرْضَوْنَهُۥ ۗoʻzlari rozi boʻladiganўзлари рози бўладиганوَإِنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳلَعَلِيمٌalbatta, oʻta bilguvchiалбатта, ўта билгувчиحَلِيمٌۭhalim zotdirҳалим зотдир
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo muhojirlarni oʻzlari rozi boʻladigan jannatga doxil qiladi. U zot kimni qayerga kiritishni oʻta yaxshi bilguvchi zotdir. Muhojirlarning goʻzal rizqqa sazovorligini yaxshi bilganidan ularni jannatga kiritadi. Haliymligidan ularni iqob qilmaydi.

Alloh yoʻlida shahid boʻlganlar yoki hijrat qilganlar uchun beriladigan ulkan martabalar haqida koʻplab hadisi shariflar ham vorid boʻlgan.

Yuqoridagi oyatlardan oxiratda har kimga qilganiga yarasha jazo yoki mukofotni Allohning Oʻzi berishini bilib oldik. Kelasi oyatda esa, urush-janjal paytida odamlar orasida oʻzaro hisob-kitob ham boʻlishi mumkinligi haqida soʻz ketadi: