۞ ذَٰلِكَ وَمَنْ عَاقَبَ بِمِثْلِ مَا عُوقِبَ بِهِۦ ثُمَّ بُغِىَ عَلَيْهِ لَيَنصُرَنَّهُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ish bundoq. Kim o`ziga iqob qilinganiga o`xshash iqob qilsa-yu, so`ngra unga yana zo`ravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va mag`firatli Zotdir.Иш бундоқ. Ким ўзига иқоб қилинганига ўхшаш иқоб қилса-ю, сўнгра унга яна зўравонлик қилинса, Аллоҳ, албатта, унга нусрат берур. Албатта, Аллоҳ афвли ва мағфиратли Зотдир.Alauddin Mansour: (Ish) shudir. Kim oʻziga berilgan azob-uqubat barobarida oʻch olsa, soʻngra yana unga zulm-zoʻravonlik qilinsa, albatta Alloh unga (mazlumga) yordam qilur. Darhaqiqat, Alloh afv qilguvchi, kechirguvchidir.(Иш) шудир. Ким ўзига берилган азоб-уқубат баробарида ўч олса, сўнгра яна унга зулм-зўравонлик қилинса, албатта Аллоҳ унга (мазлумга) ёрдам қилур. Дарҳақиқат, Аллоҳ афв қилгувчи, кечиргувчидир.
Yaʼni, birov zulmga uchrab, boshqa bir kishi tomonidan iqobga uchrasa, qasos olish tariqasida oʻsha zolimdan oʻziga qilingan iqob darajasida oʻch olsa-yu, soʻngra unga yana zoʻravonlik ila tajovuz qilinsa, oʻsha odamga Alloh yordam beradi. Chunki u zulm qilmayapti, haddidan oshmayapti, faqat oʻz haqqini talab qilyapti, xolos. Boshqa tomon esa, avval nohaqdan tajovuzkorlik qilgan edi. Tajovuziga yarasha javob kelganida, tushunib oʻzini tiyishi kerak edi. Ammo u yana tajovuzkorlik qildi.
«Albatta, Alloh afvli va magʻfiratli zotdir.»
Faqat U zotgina Oʻziga nisbatan bandalar nohaq zulm qilsalar ham, kufru shirk keltirsalar ham, ularni afv etadi va gunohlarini magʻfirat qiladi. Odamlar esa, bir-birlaridan qasos olishga turadilar.