ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Chunki, Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir.Чунки, Аллоҳ, албатта, кечани кундузга киритур ва кундузни кечага киритур. Албатта, Аллоҳ ўта эшитгувчи ва ўта кўргувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, Alloh mazlumga yordam qila olishiga) sabab Alloh kechani kunduzga kiritishi (yaʼni, kechani qisqartirib, kunduzni uzaytirishi) va (askincha) kunduzni esa kechaga kiritishi (yaʼni, u Oʻzi xohlagan narsaga qodir ekani) va shak-shubhasiz, Alloh eshitguvchi, koʻrguvchi ekanligidir.Бунга (яъни, Аллоҳ мазлумга ёрдам қила олишига) сабаб Аллоҳ кечани кундузга киритиши (яъни, кечани қисқартириб, кундузни узайтириши) ва (аскинча) кундузни эса кечага киритиши (яъни, у Ўзи хоҳлаган нарсага қодир экани) ва шак-шубҳасиз, Аллоҳ эшитгувчи, кўргувчи эканлигидир.
Doimiy ravishda kecha kunduzga, kunduz kechaga kirib turadi. Bu jarayon, albatta, oʻz-oʻzidan boʻlmaydi. Buni Allohga kufr keltirib, gerdayib yurgan odamlar ham, boshqalari ham qila olmaydi. Buni faqat Alloh taologina qiladi. Allohning bu ishini birov toʻxtata olmaganidek, U zotning mazlumlarga nusrat berishini ham birov toʻxtata olmaydi.
«Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va oʻta koʻrguvchi zotdir.»
U har bir narsani eshitib, har bir narsani koʻrib, hisob- kitobini qilib turadi. Kim zolim, kim mazlum ekanini ham koʻrib- bilib turadi. Shuning uchun ham, mazlumlarga zolimlar ustidan nusrat bermay qoʻymaydi.