ٱللَّهُ يَصْطَفِى مِنَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ رُسُلًا وَمِنَ ٱلنَّاسِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh farishtalardan va odamlardan Payg`ambarlar tanlar. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va ko`rguvchidir.Аллоҳ фаришталардан ва одамлардан Пайғамбарлар танлар. Албатта, Аллоҳ ўта эшитгувчи ва кўргувчидир.Alauddin Mansour: Alloh farishtalardan ham elchilar tanlar, insonlardan ham. Darhaqiqat, Alloh eshitguvchi, koʻrguvchidir.Аллоҳ фаришталардан ҳам элчилар танлар, инсонлардан ҳам. Дарҳақиқат, Аллоҳ эшитгувчи, кўргувчидир.
Ana shunday sifatga ega boʻlgan Alloh Muhammad collallohu alayhi vasallamni ham Paygʻambar qilib tanlab olgandir. Shunday ekan, qoʻlidan hech ish kelmaydigan narsalarga ibodat etib yurganlar bu zotning yoʻlini toʻsib nima qiladilar?!
«Albatta, Alloh oʻta eshitguvchi va koʻrguvchidir.»
Hamma narsani, shu jumladan, kofir va mushriklarning gap- soʻzlarini ham eshitib, qilmishlarini koʻrib turadi. Va yana: