QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Hajj surasi · Oyatсураси · Оят77

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱرْكَعُوا۟ وَٱسْجُدُوا۟ وَٱعْبُدُوا۟ رَبَّكُمْ وَٱفْعَلُوا۟ ٱلْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ۩

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar, ruku', sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.Эй, иймон келтирганлар, рукуъ, сажда қилинглар ва Роббингизга ибодат қилинглар ҳамда яхшилик қилинглар, шоядки, нажот топсангиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, rukuʼ qilingiz, sajda qilingiz va Parvardigoringizga ibodat qilib, yaxshilik qilingiz, shoyadki najot topsangizlar.Эй мўминлар, рукуъ қилингиз, сажда қилингиз ва Парвардигорингизга ибодат қилиб, яхшилик қилингиз, шоядки нажот топсангизлар.

341-sahifa · 17-juz · 34-hizb341-саҳифа · 17-жуз · 34-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларٱرْكَعُوا۟rukuʼ qilinglarрукуъ қилингларوَٱسْجُدُوا۟va sajda qilinglarва сажда қилингларوَٱعْبُدُوا۟va ibodat qilinglarва ибодат қилингларرَبَّكُمْRobbingizgaРоббингизгаوَٱفْعَلُوا۟va qilinglarва қилингларٱلْخَيْرَyaxshilikяхшиликلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتُفْلِحُونَ ۩najot topsangizнажот топсангиз
TafsirТафсир

Suraning oxiridagi ushbu ikki oyatda Alloh taolo Islom ummatiga nido qilmoqda. Bu nido musulmonlarga eng mahbub murojaat bilan

«Ey, iymon keltirganlar», deb boshlanmoqda. Bu nido oʻzidan keyin keladigan amrlarni alohida koʻtarinki ruhda ado etishga undaydi. Undan keyin kelayotgan amrlar esa, rukuʼ, sajda qilmoqlikdir.

«Ey, iymon keltirganlar, rukuʼ, sajda qilinglar.»

Bu ikki amal eng ulugʻ ibodat boʻlmish namozning muhim va koʻzga koʻringan amallaridan hisoblanadi. Bu narsa, oʻz navbatida, namozning qanchalik muhim ekanini ham koʻrsatadi.

«...va Robbingizga ibodat qilinglar...»

Yaʼni, barcha ibodatlarni qilinglar. Zotan, Islomda hayotning har bir sohasida din koʻrsatmalariga amal qilish ibodat hisoblanadi. Demak, bu jumlani, «Robbingizning aytganini qilib yashanglar», deb tarjima qilsak ham boʻladi.

«...hamda yaxshilik qilinglar...»

Yaʼni, bu dunyoda Allohga ibodat etib, uning maxluqotlariga, xususan, odamlarga yaxshilik qilib yashanglar.

«Va Alloh (yoʻlida) haq jihod qilingiz.»

Jihodning lugʻaviy maʼnosi bir narsa uchun bor imkoniyatini ishga solishdir. Demak, musulmon inson oʻz hayotida Alloh yoʻlida bor imkonlarini ishga solib, harakat qilib yashamogʻi kerak. Dushmanlarga qarshi urush qilish, havoyi nafsga qarshi kurashish, adolatsizlik, zulm va boshqa yomonliklarga qarshi turish ham jihod sanaladi. Musulmonlar ana shunday ishlarni qilishga masʼuldirlar. Chunki:

«U sizlarni tanlab oldi».

Alloh taolo sizlarni boshqalar ichidan tanlab oldi va ushbu masʼuliyatlarni yukladi. Endi esa, ushbu masʼuliyatlarga munosib boʻlishingiz, bu ishonchni oqlashingiz kerak. Siz bu masʼuliyatlar qarshisida tushkunlikka tushmang. Chunki Alloh:

«...sizga bu dinda hech tanglik qilmadi».

Bu dinda insonga ogʻir keladigan, uning toqatidan tashqari hech narsa yoʻq.

Bu din bashariyat tarixida qadimdan Alloh tomonidan joriy qilib kelinayotgan bir yoʻl. Bu din:

«...otangiz Ibrohimning millati».

Ha, bu tavhid millati Ibrohim alayhissalomdan buyon kelmoqda. Bu millatni oʻzingizga lozim tuting.

«U sizlarni bundan oldin va bu(Qurʼon)da Paygʻambar sizlarga guvoh boʻlishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar boʻlishingiz uchun «musulmonlar» deb nomladi».

Ha, Allohning Oʻzi bu millatni «musulmonlar» deb nomlagan. Qurʼon kelishidan oldin, oʻtgan samoviy kitoblarda ham «musulmonlar» deb nomlangan. Qurʼonda ham «musulmonlar» deb nomlangan. Shuning oʻzi bu millat uchun cheksiz shon-sharafdir. Bu ishni qilishdan maqsad:

«...Paygʻambar sizlarga guvoh boʻlishi uchun...»

Yaʼni, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Islomni ummatlariga yetkazib, yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, gunoh nimayu savob nima, toʻgʻri yoʻl qaysiyu notoʻgʻrisi qaysi, oʻrgatadilar. Qiyomat kuni esa, shu haqda guvohlik beradilar.

«...sizlar esa, odamlarga guvohlar boʻlishingiz uchun...»

Yaʼni, ey musulmonlar, sizlar qiyomatgacha boshqalarga Islomni yetkazib, ularga yoʻl-yoʻriq koʻrsatib, gunoh nimayu savob nima, toʻgʻri yoʻl qaysiyu notoʻgʻrisi qaysi, oʻrgatib borishingiz uchun shunday qilindi. Qiyomat kuni esa, bu haqda guvohlik berasiz.

Bu ishga alohida tayyorgarlik, safarbarlik kerak. Shuning uchun:

«Bas, namozni toʻkis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga bogʻlaninglar».

Busiz mazkur omonatni ado eta olmaysiz.

«U sizning xojangizdir.»

Alloh sizning xojangizdir. Xojaning aytganini qilmasdan, maqsadga erishib boʻlmaydi.

«Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi.»

Shunday xojaga munosib banda boʻlganlargina Uning nusratiga sazovor boʻlurlar.