قَدْ أَفْلَحَ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, mo`minlar najot topdilar.Батаҳқиқ, мўминлар нажот топдилар.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, moʻminlar najot topdilar.Дарҳақиқат, мўминлар нажот топдилар.
Ushbu oyat ila Alloh taolo moʻminlarning najot topishlariga ochiq- oydin, taʼkidlangan vaʼda bermoqda. Avvalida «Batahqiq»– «haqiqatan» soʻzi bilan boshlangan jumla shunga dalolat qiladi. Qolaversa, jumlaning oxirida «najot topdilar» deyilishi najot boʻlishi aniqligini bildirib, hech qanday shubhaga oʻrin qoldirmaydi. Aslida, «najot topadilar» deyilishi kerak edi. Ammo «najot topdilar» deyishlik, albatta, «najot topadilar» maʼnosidan ham kuchlidir.
Bu taʼkiddan keyin Alloh oʻsha najot topgan moʻminlarning sifatlarini zikr qiladi: