ٱلَّذِينَ هُمْ فِى صَلَاتِهِمْ خَـٰشِعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular namozlarida xushu' qiluvchilardir.Улар намозларида хушуъ қилувчилардир.Alauddin Mansour: Ular namozlarida (qoʻrquv va umid bilan) boʻyin eguvchi kishilardir.Улар намозларида (қўрқув ва умид билан) бўйин эгувчи кишилардир.
Xushuʼ–qoʻrquv bilan sokinlikning birga qoʻshilganidir. Mazkur najotga erishuvchi moʻminlarning sifatlaridan biri–namoz oʻqiganlarida Alloh taolo maqomi huzurida qalblarini, vujudlarini, harakatu sakanotlarini qoʻrqinch va sokinlik oʻrab olishidir. Bu holat esa, faqat namozni oliy darajada qoyilmaqom qilib ado etadigan moʻminlardagina boʻladi. Oʻsha maqomga yetgan moʻmin najotdan umid etishning bitta sababini oʻzida mujassam qilgan boʻladi. Namozni xushuʼ bilan oʻqimaydigan, qalbida, vujudida, harakatu sakanotida Allohdan hayiqish va sokinlik yogʻilib turmaydigan odam namozdagi holatini oʻylab koʻrsin, tezda oʻzini oʻnglab olsin.