وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنِ ٱللَّغْوِ مُعْرِضُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular behuda narsalardan yuz o`girguvchilardir.Улар беҳуда нарсалардан юз ўгиргувчилардир.Alauddin Mansour: Ular behuda — foydasiz (soʻz va amallardan) yuz oʻgirguvchi kishilardir.Улар беҳуда — фойдасиз (сўз ва амаллардан) юз ўгиргувчи кишилардир.
Behuda soʻz, behuda ish, behuda tafakkur, behuda his-tuygʻu, umuman, behuda narsa uchun moʻmin kishining qalbida joy yoʻqdir. Chunki moʻmin insonning qalbi iymon bilan toʻla boʻladi. Uning qalbi Allohning muhabbati, zikri, fikri va Allohning amrlarini tafakkur etish bilan band boʻladi. Moʻmin kishining qalbida boshqa narsaga joy yoʻqdir. Shuning uchun, u behuda narsalarga umuman toqat qila olmaydi, ulardan yuz oʻgiradi.
Ana oʻsha darajaga yetgan moʻmingina najotdan umid qilsa boʻladi.