QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят11

ٱلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْفِرْدَوْسَ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Firdavs (jannati)ni meros olurlar, ular unda abadiy qolguvchilardir.Улар Фирдавс (жаннати)ни мерос олурлар, улар унда абадий қолгувчилардир.Alauddin Mansour: Firdavs (jannatiga) merosxoʻr boʻlguvchi (vorislardir). Ular oʻsha joyda mangu qolurlar.Фирдавс (жаннатига) меросхўр бўлгувчи (ворислардир). Улар ўша жойда мангу қолурлар.

342-sahifa · 18-juz · 35-hizb342-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَular (shundaylarki)улар (шундайларки)يَرِثُونَmeros olurlarмерос олурларٱلْفِرْدَوْسَFirdavsniФирдавсниهُمْularуларفِيهَاundaундаخَـٰلِدُونَabadiy qolguvchilardirабадий қолгувчилардир
TafsirТафсир

Ana oʻsha, yuqorida zikr qilingan sifatlarga ega boʻlgan moʻminlar iymonlari va solih amallari uchun Firdavs jannatiga haqdor boʻladilar.

Imom Ahmad, imom Termiziy, imom Nasaiy Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda ushbular aytiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy nozil boʻlgan vaqtda u zotning yuz tomonlarida asalari ovoziga oʻxshash ovoz chiqar edi. Bir kuni shunday boʻldi. Bir oz kutdik. Bas, u zot sollallohu alayhi vasallam qiblaga yuzlandilar va ikki qoʻllarini koʻtarib: «Ey bor Xudoyo! Bizni ziyoda qilgin, nuqsonga uchratmagin, mukarram qilgin, xor qilmagin, atolar bergin, mahrum qilmagin, ustun qilgin, ostin qilmagin, bizdan rozi boʻlgin, bizni rozi qilgin», dedilar. Soʻngra: «Batahqiq, menga oʻn oyat nozil qilindi. Kim ularni toʻliq ado etsa, jannatga kiradi», dedilar-da, «Batahqiq, moʻminlar najot topdilar»dan boshlab oʻn oyatni oxirigacha oʻqidilar».

Imom Nasaiy rivoyat qilgan hadisda Yazid ibn Babnus quyidagilarni aytadilar: «Biz moʻminlarning onasi Oisha roziyallohu anhoga:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari qanday boʻlgan edi?»–dedik. U:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari Qurʼon boʻlgan edi!» deb, «Batahqiq, moʻminlar najot topdilar» oyatidan to «Ular namozlarini muhofaza qilurlar» oyatigacha tilovat qildi va:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari mana shunday edi»,–dedi».

Moʻminlarning sifatlari zikridan soʻng keladigan oyatlarda insonni iymonga dalolat qiluvchi narsalar haqida soʻz ochiladi: