QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят24

فَقَالَ ٱلْمَلَؤُا۟ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ مَا هَـٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُرِيدُ أَن يَتَفَضَّلَ عَلَيْكُمْ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَنزَلَ مَلَـٰٓئِكَةً مَّا سَمِعْنَا بِهَـٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlari: «Bu, sizga o`xshash bashar, xolos, sizdan afzal bo`lib olmoqchi. Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.Бас, унинг қавмидан куфр келтирган зодагонлари: «Бу, сизга ўхшаш башар, холос, сиздан афзал бўлиб олмоқчи. Агар Аллоҳ хоҳласа, фаришталарни туширар эди. Аввалги ота-боболаримизда буни эшитган эмасмиз.Alauddin Mansour: (Shunda) uning qavmidan kofir boʻlgan kimsalar: «Bu ham xuddi sizlarga oʻxshagan odam. (Faqat) sizlardan ustun boʻlib olmoqchi. Agar Alloh (paygʻambar yuborishni) xohlasa edi, farishtalarni tushirgan boʻlur edi. Bizlar bu (Nuh aytayotgan «Alloh yakka-yagonadir», degan soʻz)ni avvalgi ota-bobolarimizdan eshitgan emasmiz.(Шунда) унинг қавмидан кофир бўлган кимсалар: «Бу ҳам худди сизларга ўхшаган одам. (Фақат) сизлардан устун бўлиб олмоқчи. Агар Аллоҳ (пайғамбар юборишни) хоҳласа эди, фаришталарни туширган бўлур эди. Бизлар бу (Нуҳ айтаётган «Аллоҳ якка-ягонадир», деган сўз)ни аввалги ота-боболаримиздан эшитган эмасмиз.

343-sahifa · 18-juz · 35-hizb343-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَقَالَbas, dediбас, дедиٱلْمَلَؤُا۟zodagonlariзодагонлариٱلَّذِينَular (shundaylarki)улар (шундайларки)كَفَرُوا۟kufr keltirganкуфр келтирганمِن-dan-данقَوْمِهِۦuning qavmiунинг қавмиمَاemasэмасهَـٰذَآbuбуإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)بَشَرٌۭbasharбашарمِّثْلُكُمْsizga oʻxshashсизга ўхшашيُرِيدُistaydiистайдиأَن-ni-ниيَتَفَضَّلَafzal boʻlib olishniафзал бўлиб олишниعَلَيْكُمْsizdanсизданوَلَوْva agarва агарشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُAllohАллоҳلَأَنزَلَalbatta, tushirar ediалбатта, туширар эдиمَلَـٰٓئِكَةًۭfarishtalarniфаришталарниمَّاemasэмасسَمِعْنَاeshitganmizэшитганмизبِهَـٰذَاbuniбуниفِىٓ-da-даءَابَآئِنَاota-bobolarimizота-боболаримизٱلْأَوَّلِينَavvalgiаввалги
TafsirТафсир

Biror qavmga yangilik kelsa, avvalo, unga oʻsha qavmning zodagonlari, korchalonlari, kattalari munosabat bildiradilar. Bu safar ham shunday boʻldi. Nuh alayhissalom qavmlarini Allohning ibodatiga chaqirganlarida, ularga bu ishning ahamiyatini aytganlarida, qavmning kufr keltirgan zodagonlari birinchi boʻlib munosabat bildirdilar. Ammo ular boshqacha uslub qoʻlladilar.

Nuh alayhissalomga javob bermadilar. Balki qavmlariga qarata nido qildilar. Gaplari Allohga ibodat haqida boʻlmadi, oʻzlariga kelgan Paygʻambarning shaxsi haqida boʻldi. Ular qavmlariga:

«Bu, sizga oʻxshash bashar, xolos, sizdan afzal boʻlib olmoqchi», dedilar.

Qavmining boshligʻi boʻlgan zodagonlar Paygʻambar nimaga daʼvat qilmoqda, gapining maʼnosi va daʼvatining maqsadi nima — bularga umuman eʼtibor bermaydilar. Ular, eng avvalo, Paygʻambar shaxsida oʻzlariga raqibni koʻradilar. Paygʻambarman, deb aytayotgan bu odam bizga oʻxshab qavmga boshliq boʻlmoqchi shekilli, deb xayol qiladilar. Shuning uchun, Paygʻambar shaxsiga osilishni, uni mansabparastlikda ayblashni boshlaydilar. Mana, qavmning kofir zodagonlari ham Nuh alayhissalomni jinni deb eʼlon etdilar va u kishiga, oʻzini odamlardan ustun qoʻymoqchi, degan tuhmatni ildilar.

Ular Nuh alayhissalomning Paygʻambarliklariga ishonchsizlik uygʻotish uchun odamlarga oʻzlarining Paygʻambar haqidagi botil safsatalarini suqishtirdilar:

«Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi», dedilar.

Yaʼni, agar Alloh Paygʻambar yuborishni xohlasa, bizga oʻxshagan basharni emas, balki farishtalarni yuborar edi, dedilar.

«Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.»

Har bir narsaga ota-bobolarini roʻkach qilaverish zodagonlarning oʻzlariga tobe kishilarni yoʻlga solishda ishlatadigan uslublaridan biridir. Oldida, koʻz oʻngida turgan narsa haqida oʻylab, fikr yuritib hukm chiqarmasin-u, ota-boboga taqlid qilib qoʻyaversin.

«U faqat bir jinni odam, xolos.»

Yaʼni, Nuh bir jinni odam, unga ishonmanglar ham, ergashmanglar ham.

«Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.»

Oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketadi, demoqchilar.

Ana shunda Nuh alayhissalom Alloh taologa iltijo qildilar.