إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌۢ بِهِۦ جِنَّةٌ فَتَرَبَّصُوا۟ بِهِۦ حَتَّىٰ حِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U faqat bir jinni odam, xolos. Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.У фақат бир жинни одам, холос. Бас, уни бир оз муддат пойлаб туринг», дедилар.Alauddin Mansour: U (yaʼni, Nuh) faqat bir jinni boʻlgan odamdir. Bas, unga bir (oz) vaqtgacha koʻz tutinglar, (agar shu soʻzidan qaytmas ekan oʻldirib yuborursizlar)», dedilar.У (яъни, Нуҳ) фақат бир жинни бўлган одамдир. Бас, унга бир (оз) вақтгача кўз тутинглар, (агар шу сўзидан қайтмас экан ўлдириб юборурсизлар)», дедилар.
Biror qavmga yangilik kelsa, avvalo, unga oʻsha qavmning zodagonlari, korchalonlari, kattalari munosabat bildiradilar. Bu safar ham shunday boʻldi. Nuh alayhissalom qavmlarini Allohning ibodatiga chaqirganlarida, ularga bu ishning ahamiyatini aytganlarida, qavmning kufr keltirgan zodagonlari birinchi boʻlib munosabat bildirdilar. Ammo ular boshqacha uslub qoʻlladilar.
Nuh alayhissalomga javob bermadilar. Balki qavmlariga qarata nido qildilar. Gaplari Allohga ibodat haqida boʻlmadi, oʻzlariga kelgan Paygʻambarning shaxsi haqida boʻldi. Ular qavmlariga:
«Bu, sizga oʻxshash bashar, xolos, sizdan afzal boʻlib olmoqchi», dedilar.
Qavmining boshligʻi boʻlgan zodagonlar Paygʻambar nimaga daʼvat qilmoqda, gapining maʼnosi va daʼvatining maqsadi nima — bularga umuman eʼtibor bermaydilar. Ular, eng avvalo, Paygʻambar shaxsida oʻzlariga raqibni koʻradilar. Paygʻambarman, deb aytayotgan bu odam bizga oʻxshab qavmga boshliq boʻlmoqchi shekilli, deb xayol qiladilar. Shuning uchun, Paygʻambar shaxsiga osilishni, uni mansabparastlikda ayblashni boshlaydilar. Mana, qavmning kofir zodagonlari ham Nuh alayhissalomni jinni deb eʼlon etdilar va u kishiga, oʻzini odamlardan ustun qoʻymoqchi, degan tuhmatni ildilar.
Ular Nuh alayhissalomning Paygʻambarliklariga ishonchsizlik uygʻotish uchun odamlarga oʻzlarining Paygʻambar haqidagi botil safsatalarini suqishtirdilar:
«Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi», dedilar.
Yaʼni, agar Alloh Paygʻambar yuborishni xohlasa, bizga oʻxshagan basharni emas, balki farishtalarni yuborar edi, dedilar.
«Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.»
Har bir narsaga ota-bobolarini roʻkach qilaverish zodagonlarning oʻzlariga tobe kishilarni yoʻlga solishda ishlatadigan uslublaridan biridir. Oldida, koʻz oʻngida turgan narsa haqida oʻylab, fikr yuritib hukm chiqarmasin-u, ota-boboga taqlid qilib qoʻyaversin.
«U faqat bir jinni odam, xolos.»
Yaʼni, Nuh bir jinni odam, unga ishonmanglar ham, ergashmanglar ham.
«Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.»
Oʻz-oʻzidan yoʻq boʻlib ketadi, demoqchilar.
Ana shunda Nuh alayhissalom Alloh taologa iltijo qildilar.