فَإِذَا ٱسْتَوَيْتَ أَنتَ وَمَن مَّعَكَ عَلَى ٱلْفُلْكِ فَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى نَجَّىٰنَا مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, sen o`zing bilan birga bo`lganlar ila kemaga joylashib olgach: «Bizni zolim qavmlardan qutqargan Allohga hamdlar bo`lsin», degin.Бас, сен ўзинг билан бирга бўлганлар ила кемага жойлашиб олгач: «Бизни золим қавмлардан қутқарган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин», дегин.Alauddin Mansour: Endi qachon oʻzing va sen bilan birga boʻlgan kishilar kema ustida joylashib olgach, aytgin: «Bizlarni zolim qavmdan qutqargan Allohga hamdu-sano boʻlsin».Энди қачон ўзинг ва сен билан бирга бўлган кишилар кема устида жойлашиб олгач, айтгин: «Бизларни золим қавмдан қутқарган Аллоҳга ҳамду-сано бўлсин».
Ushbu uch oyatda Nuh alayhissalomning nusrat soʻrab qilgan iltijolariga Alloh taolo tomonidan berilgan javob kelmoqda.
«Bizning koʻz oʻngimizda va vahiyimiz ila kema yasa.»
Albatta, hamma narsa Alloh taoloning koʻz oʻngida turibdi. Ammo Nuh alayhissalomga bunday deyilishi Alloh taolo u kishining ishlariga alohida eʼtibor berishini bildiradi. Hattoki, kemani qanday yasashni ham Allohning Oʻzi vahiy orqali oʻrgatib turadi.
«Bas, Bizning amrimiz kelib, tannur favvora boʻlganida...»
Alloh taolo najot kemasiga chiqish vaqtining alomatini aytib qoʻydi. Qachonki amrimiz kelib, tannurdan olov oʻrniga suv favvora boʻlib otilib chiqa boshlaganda.
«...u(kema)ga har bir turdan bir juftdan va ahlingni chiqar...»
Yaʼni, har bir jonzot turidan bir juftdan, bitta erkak, bitta urgʻochi chiqar. Odamlardan esa, senga ahl boʻlgan moʻminlarni chiqar.
«...magar kimning ziddiga oldin soʻzimiz oʻtgan boʻlsa (chiqarma).»
Yaʼni, kim haqida unga qarshi hukmimiz chiqqan boʻlsa, iymonga kelmagan boʻlsa, u odamni chiqarma. Jumladan, Nuh alayhissalomning oilasidan xotinlari va bitta oʻgʻillari iymon keltirmagan edi. Bu yerda ana oʻshalar haqida soʻz ketmoqda.
«Zulm qilganlar haqida menga xitob qilma.»
Ularni toʻfon halokatidan qutqarib qolishimni soʻrama.
«Albatta, ular gʻarq qilinguvchilardir.»
Chunki, ular imkon berilgan fursatda oʻzlarini oʻnglab ola olmadilar. Endi hukm chiqib boʻldi. Uni oʻzgartirilmaydi.
«Bas, sen oʻzing bilan birga boʻlganlar ila kemaga joylashib olgach...»
Yaʼni, toʻfon balosidan qutulish uchun najot kemasiga chiqib joylashib olgach:
«Bizni zolim qavmlardan qutqargan Allohga hamdlar boʻlsin», degin.
Alloh Paygʻambari Nuh alayhissalomga Oʻzi bergan neʼmatga qanday shukr qilishni oʻrgatmoqda. Bu shukr Alloh taologa hamdu sano aytish bilan boʻladi. Zolim qavmlar Nuh alayhissalomga ham, moʻminlarga ham zulm oʻtkazar edilar. Alloh taolo ularning barchasini toʻfon balosiga uchratib halok qildi. Nuh alayhissalom boshliq moʻminlarni oʻsha kofirlarning, zolimlarning zulmidan, yomonligidan qutqardi. Endi ular Alloh taologa oʻzlarini zolim qavmlardan qutqargani uchun shukr qilib, hamdu sanolar aytishlari kerak.
Shu bilan birga, kelajak hayotlarida yaxshiliklar boʻlishini ham Alloh taolodan soʻrashlari kerak:
«Va: «Ey Robbim, meni muborak manzilga tushirgin, Sen Oʻzing manzilga tushirguvchilarning eng yaxshisisan», degin», dedik».
Ushbu duo barcha moʻminlarning Alloh taologa qiladigan duolaridir.