QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят32

فَأَرْسَلْنَا فِيهِمْ رَسُولًا مِّنْهُمْ أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularning ichiga o`zlaridan bo`lgan Payg`ambarni: «Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan o`zga iloh yo`qdir, nahotki, qo`rqmasangiz», deb yubordik.Бас, уларнинг ичига ўзларидан бўлган Пайғамбарни: «Аллоҳга ибодат қилинг. Сиз учун ундан ўзга илоҳ йўқдир, наҳотки, қўрқмасангиз», деб юбордик.Alauddin Mansour: Bas, ularga oʻzlaridan boʻlgan bir paygʻambarni (yaʼni, Hudni) yubordik. (U aytdi): «Allohga ibodat qilinglar! Sizlar uchun Undan oʻzga iloh yoʻqdir. Axir qoʻrqmaysizlarmi?!»Бас, уларга ўзларидан бўлган бир пайғамбарни (яъни, Ҳудни) юбордик. (У айтди): «Аллоҳга ибодат қилинглар! Сизлар учун Ундан ўзга илоҳ йўқдир. Ахир қўрқмайсизларми?!»

344-sahifa · 18-juz · 35-hizb344-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَأَرْسَلْنَاbas, yubordikбас, юбордикفِيهِمْularning ichigaуларнинг ичигаرَسُولًۭاPaygʻambarniПайғамбарниمِّنْهُمْoʻzlaridan boʻlganўзларидан бўлганأَنِ-ki-киٱعْبُدُوا۟ibodat qilingибодат қилингٱللَّهَAllohgaАллоҳгаمَاyoʻqdirйўқдирلَكُمsiz uchunсиз учунمِّنْhech birҳеч бирإِلَـٰهٍilohилоҳغَيْرُهُۥٓ ۖUndan oʻzgaУндан ўзгаأَفَلَاnahotkiнаҳоткиتَتَّقُونَqoʻrqmasangizқўрқмасангиз
TafsirТафсир

Eʼtibor beradigan boʻlsak, bu Paygʻambar ham Nuh alayhissalomning soʻzlarini aynan takrorlamoqda. Yolgʻiz Allohga ibodat qilishga chaqirmoqda. Allohdan oʻzga ibodatga sazovor iloh yoʻqligini taʼriflamoqda va Allohga iymon keltirmay yurish qoʻrqinchli ekanini uqtirmoqda.

Xoʻsh, bu Paygʻambarga uning qavmi qanday munosabatda boʻldi?