فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ بِٱلْحَقِّ فَجَعَلْنَـٰهُمْ غُثَآءً ۚ فَبُعْدًا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, ularni haq ila qichqiriq oldi. Bas, Biz ularni xasu cho`pga aylantirdik. Daf' bo`lsin zolim qavmlar!Бас, уларни ҳақ ила қичқириқ олди. Бас, Биз уларни хасу чўпга айлантирдик. Дафъ бўлсин золим қавмлар!Alauddin Mansour: Bas, haqli ravishda ularni (dahshatli) qichqiriq tutib, Biz ularni xas-xashakka aylantirdik. U zolim qavmga halokat boʻlgay.Бас, ҳақли равишда уларни (даҳшатли) қичқириқ тутиб, Биз уларни хас-хашакка айлантирдик. У золим қавмга ҳалокат бўлгай.
Oʻz Paygʻambariga notoʻgʻri munosabatda boʻlgan, uni yolgʻonchiga chiqargan oʻsha qavmni bir qichqiriq ovozi kelib halok qildi.
Garchi qissaning boshidan oxirigacha bu qavmlarning va ularga kelgan Paygʻambar alayhissalomning nomlari zikr etilmasa ham, ulamolarimiz oyatdagi,
«Bas, ularni haq ila qichqiriq oldi» jumlasidan, bu Od qavmi va, binobarin, Paygʻambarlari Hud alayhissalom ekanliklarini tushunib olganlar. Chunki, Od qavmidan boshqa qavmning qichqiriq ila halok boʻlgani haqida xabar kelmagan.
«Bas, Biz ularni xasu choʻpga aylantirdik.»
Yaʼni, ular shunchalar xoru zor boʻlib halokatga uchradilarki, xas-choʻpchalik ham qadrlari qolmadi.
«Daf boʻlsin zolim qavmlar!»
Yoʻqolsin! Halok boʻlsin! Barbod boʻlsin zolim qavmlar!
Shu bilan bu qissa ham nihoyasiga yetadi. Soʻngra, ulardan keyin nima boʻlgani haqida umumiy gap ketadi: