QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят56

نُسَارِعُ لَهُمْ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ بَل لَّا يَشْعُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga yaxshiliklarni tezlatishimiz, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Ular sezmaslar.Уларга яхшиликларни тезлатишимиз, деб ҳисоблайдиларми? Йўқ! Улар сезмаслар.Alauddin Mansour: ularga yaxshiliklarni tezlatishimizni. Yoʻq, ular (buni gʻaflatlari yanada ziyoda boʻlishi uchun qilinayotganini) sezmaydilar.уларга яхшиликларни тезлатишимизни. Йўқ, улар (буни ғафлатлари янада зиёда бўлиши учун қилинаётганини) сезмайдилар.

345-sahifa · 18-juz · 35-hizb345-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
نُسَارِعُtezlatishimizтезлатишимизلَهُمْulargaуларгаفِى-da-даٱلْخَيْرَٰتِ ۚyaxshiliklarniяхшиликларниبَلyoʻq!йўқ!لَّاemasэмасيَشْعُرُونَsezurlarсезурлар
TafsirТафсир

Yaʼni, kofir va mushriklar ularni azoblamay, balki bu dunyo hayotlarida molu dunyo, bola-chaqa berib qoʻyishimizni ularga yaxshilikni tezlatib berishimiz, ularni neʼmatlar bilan taqdirlashimiz, deb oʻylaydilarmi? Yoʻq, unday emas. Ular notoʻgʻri oʻylaydilar. Bu ular uchun sinov-imtihondir.

Ammo ular sezmaydilar. Oʻsha molu dunyo va bola-chaqaning hisob- kitobi borligini, ular imtihon uchun ekanini, ortidan balo-ofat kelishini sezmaydilar.

Kofir va mushriklar shunchalik gʻaflatda boʻlsalar, moʻmin-musulmonlar oʻta hushyor va harakatchandirlar.