QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят55

أَيَحْسَبُونَ أَنَّمَا نُمِدُّهُم بِهِۦ مِن مَّالٍ وَبَنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular Bizning o`zlariga molu dunyo va farzandlar ila madad berayotganimizni.Улар Бизнинг ўзларига молу дунё ва фарзандлар ила мадад бераётганимизни.Alauddin Mansour: Ular oʻylaydilarmiki, Biz ularga berayotgan mol-davlat va bolalari bilanУлар ўйлайдилармики, Биз уларга бераётган мол-давлат ва болалари билан

345-sahifa · 18-juz · 35-hizb345-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَيَحْسَبُونَhisoblaydilarmi?ҳисоблайдиларми?أَنَّمَاnarsaniнарсаниنُمِدُّهُمularga madad berayotganimizniуларга мадад бераётганимизниبِهِۦu ilaу илаمِن-dan-данمَّالٍۢmolu dunyoмолу дунёوَبَنِينَva farzandlarва фарзандлар
TafsirТафсир

Yaʼni, kofir va mushriklar ularni azoblamay, balki bu dunyo hayotlarida molu dunyo, bola-chaqa berib qoʻyishimizni ularga yaxshilikni tezlatib berishimiz, ularni neʼmatlar bilan taqdirlashimiz, deb oʻylaydilarmi? Yoʻq, unday emas. Ular notoʻgʻri oʻylaydilar. Bu ular uchun sinov-imtihondir.

Ammo ular sezmaydilar. Oʻsha molu dunyo va bola-chaqaning hisob- kitobi borligini, ular imtihon uchun ekanini, ortidan balo-ofat kelishini sezmaydilar.

Kofir va mushriklar shunchalik gʻaflatda boʻlsalar, moʻmin-musulmonlar oʻta hushyor va harakatchandirlar.