لَا تَجْـَٔرُوا۟ ٱلْيَوْمَ ۖ إِنَّكُم مِّنَّا لَا تُنصَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Endi, bugun faryod solmang! Albatta, Biz tomonimizdan sizga nusrat qilinmas.«Энди, бугун фарёд солманг! Албатта, Биз томонимиздан сизга нусрат қилинмас.Alauddin Mansour: (Shunda Biz dermiz): «Bugun endi faryod qilmangiz! Aniqki, sizlarga Biz tomonimizdan (hech qanday) yordam boʻlmas.(Шунда Биз дермиз): «Бугун энди фарёд қилмангиз! Аниқки, сизларга Биз томонимиздан (ҳеч қандай) ёрдам бўлмас.
Ushbu oyatlarda azobga duchor boʻlib, yordam soʻrab faryod solgan kofirlarga boʻladigan muomala ajoyib uslub ila bayon qilinmoqda.
«Endi, bugun faryod solmang!»
Qiladiganingizni qilib boʻlib, boshingizga azob tushganda yordam soʻrab faryod solasizmi? Siz nusrat soʻrab faryod koʻtaravering. Ammo bilib qoʻyingki,
«Albatta, Biz tomonimizdan sizga nusrat qilinmas.»
Umidingizni uzib qoʻyavering. Chunki, avvallari:
«Batahqiq, Mening oyatlarim sizga tilovat qilinar edi. Siz esa, ortingizga qochar edingiz.»
Mening oyatlarim sizga xuddi xatarli narsadek koʻringan edi. Holbuki, oʻsha oyatlarda sizning baxtu saodatingiz bayon etilgan edi. Ulardan choʻchib, ortga qochib, mana endi, azobga giriftor boʻlib turibsiz.
«U bilan kibrlanar, tungi suhbatingizda behuda soʻzlar aytar edingiz.»
Ulamolarimiz «U bilan kibrlanar» jumlasidagi «U» haqida ikki xil fikr aytganlar. Baʼzilari, «U» deganda «Qurʼon» koʻzda tutiladi, kofirlar Qurʼonga iymon keltirishdan kibrlanar edilar, deyishsa, boshqalari «U»dan murod «Baytulloh», chunki kofirlar «Baytulloh bizniki», deb u bilan faxrlanishar edi, deydilar. Har ikki maʼno bir-birini toʻldiradi. Ikki hol ham Makka mushriklariga taʼna boʻlib kelmoqda.
«...tungi suhbatingizda behuda soʻzlar aytar edingiz.»
Mushriklar kechasi Baytullohning atrofiga oʻtirib olib, Qurʼoni Karim va Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqlarida igʻvo, boʻhtondan iborat boʻlmagʻur gaplar aytar edilar. Ana oʻsha ishlari ham endi ularga ayb qilib qoʻyilmoqda. Ularning azobga giriftor boʻlishlarining sabablaridan biri ekani aytilmoqda.
Ajabo, ular nima uchun bunday qildilar?