أَفَلَمْ يَدَّبَّرُوا۟ ٱلْقَوْلَ أَمْ جَآءَهُم مَّا لَمْ يَأْتِ ءَابَآءَهُمُ ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nahotki ular bu so`zni tadabbur qilib ko`rmadilar? Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi?Наҳотки улар бу сўзни тадаббур қилиб кўрмадилар? Ёки уларга аввалги ота-боболарига келмаган нарса келибдими?Alauddin Mansour: Axir ular bu Soʻzni — Qurʼonni tadabbur-tafakkur qilib koʻrmadilarmi yoki ularga avval oʻtgan ota-bobolariga kelmagan narsa keldimi (yaʼni, ularga ham Alloh tarafidan paygʻambarlar kitoblar bilan kelgan edi-ku)?!Ахир улар бу Сўзни — Қуръонни тадаббур-тафаккур қилиб кўрмадиларми ёки уларга аввал ўтган ота-боболарига келмаган нарса келдими (яъни, уларга ҳам Аллоҳ тарафидан пайғамбарлар китоблар билан келган эди-ку)?!
Nahotki ular Muhammad sollallohu alayhi vasallamga kelgan ushbu soʻzni–Qurʼonni tadabbur qilib koʻrmaydilar. Axir, bu soʻzdan yuz oʻgirish umuman mumkin emas. Uni tadabbur qilgan har bir kishi undagi maʼnolarga, hidoyatga, hikmatlarga, balogʻat va fasohatga mahliyo boʻlib qoladi. Qurʼonni hech tadabbur qilmaganlargina undan yuz oʻgirishi mumkin. Modomiki, oʻsha mushriklar undan yuz oʻgiribdilarmi, demak ular Qurʼonni hech tadabbur qilib koʻrmaganlar.
«Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi?»
Odatdan tashqari narsa kelgani uchun undan yuz oʻgiribdilarmi? Avval hech kimga Paygʻambar, vahiy yoki ilohiy kitob kelmagan ekanmi?