سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki qo`rqmasangiz?!» deb ayt.Улар: «Аллоҳникидир», дерлар. Сен: «Наҳотки қўрқмасангиз?!» деб айт.Alauddin Mansour: Ular: «(Bularning barchasi) Allohnikidir», derlar. Ayting: «Axir qoʻrqmaysizlarmi?!»Улар: «(Буларнинг барчаси) Аллоҳникидир», дерлар. Айтинг: «Ахир қўрқмайсизларми?!»
Yaʼni, oʻsha mushriklar, «Yetti osmon va ulugʻ arsh Allohnikidir» deb javob beradilar. Ularning bu javoblari ularning qilayotgan ishlari aqlga ham, mantiqqa ham, voqelikka ham toʻgʻri kelmasligini koʻrsatadi. Ey, mushriklar, yetti osmon va ulugʻ arsh Allohniki ekanini bilar ekansizlar, nima uchun U zotga iymon keltirmaysizlar? «Nahotki qoʻrqmasangiz?!» Allohning shunchalik qudratga ega ekanini koʻrib bilib turib, unga kufr keltirasiz-a?! Nahotki, U zotning azobidan qoʻrqmasangiz?! Ey Paygʻambar!