QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mu'minun surasi · Oyatсураси · Оят86

قُلْ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ ٱلسَّبْعِ وَرَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sen: «Etti osmonning Robbi kim? Ulug` arshning Robbi kim?» deb ayt.Сен: «Етти осмоннинг Робби ким? Улуғ аршнинг Робби ким?» деб айт.Alauddin Mansour: Ayting: «Yetti osmonning xojasi va ulugʻ arshning sohibi kimdir?»Айтинг: «Етти осмоннинг хожаси ва улуғ аршнинг соҳиби кимдир?»

347-sahifa · 18-juz · 35-hizb347-саҳифа · 18-жуз · 35-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلْsen aytсен айтمَنkimкимرَّبُّRobbiРоббиٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarningосмонларнингٱلسَّبْعِyettiеттиوَرَبُّva Robbiва Роббиٱلْعَرْشِarshningаршнингٱلْعَظِيمِulugʻулуғ
TafsirТафсир

Ey Paygʻambar, sen oʻsha mushriklardan «Yetti osmonning Robbi, yaratguvchisi, tadbirini qilguvchisi kim?» deb soʻra. «Ulugʻ Arshning Robbi, yaratguvchisi, tadbirini qilguvchisi kim?» deb soʻra. Yetti osmonni Allohdan boshqa hech kim yarata olmasligini zarracha boʻlsa-da aqli bor odam biladi. Jumladan, oʻsha mushriklar ham biladilar. Yetti osmonning tadbirini Allohdan boshqa hech kim qila olmasligini esa hech kim, jumladan, oʻsha mushriklar ham inkor qilmaydilar. Shuningdek, ulugʻ Arshning Robbi Alloh ekanini ham biladilar. Shuning uchun: