سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ فَأَنَّىٰ تُسْحَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Qandoq ham sehrlanmoqdasiz-a?!» deb ayt.Улар: «Аллоҳникидир», дерлар. Сен: «Қандоқ ҳам сеҳрланмоқдасиз-а?!» деб айт.Alauddin Mansour: Ular: «Bunday podshohlik va homiylik yolgʻiz Allohnikidir», derlar. Ayting: «Bas, qanday aldanmoqdadirsizlar?!»Улар: «Бундай подшоҳлик ва ҳомийлик ёлғиз Аллоҳникидир», дерлар. Айтинг: «Бас, қандай алданмоқдадирсизлар?!»
Ey Paygʻambar, sening bu savolingga ular: Bu mazkur narsalar ham
«Allohnikidir», deb javob berurlar. Shunda sen:
«Qandoq ham sehrlanmoqdasiz-a?!» deb ayt».
Agar oʻsha narsalar Allohniki ekanini bilsangiz, nima uchun Allohga iymon keltirmayapsiz?! Kofir holingizda yuribsiz?! Buni faqat sehrlangan odam qilishi mumkin, xolos. Siz qandoq ham sehrlangansiz-a?!
Ushbu savollar mushriklarga, Allohga shirk keltiradiganlarga berilmoqda. Bunda Allohga turli-tuman but-sanamlarni shirk keltiradiganlar ham, ahli kitob boʻla turib, Allohga baʼzi shaxslarni shirk keltiradiganlar ham barobardirlar. Chunki, ularning hammasi Allohdan boshqa hech bir zot biror narsani yarata olmasligini, biror narsaga molik boʻla olmasligini bilgani holda, Allohning vahdoniyatiga emas, shirkka qarab yuradilar. Ular bu ishni hujjat, dalil yoʻqligidan qiladilarmi?