سُورَةٌ أَنزَلْنَـٰهَا وَفَرَضْنَـٰهَا وَأَنزَلْنَا فِيهَآ ءَايَـٰتٍۭ بَيِّنَـٰتٍ لَّعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Bu bir) suradir. Biz uni nozil qildik. Biz uni farz qildik. Biz unda ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik. Shoyadki, eslasangiz.(Бу бир) сурадир. Биз уни нозил қилдик. Биз уни фарз қилдик. Биз унда очиқ-ойдин оятларни нозил қилдик. Шоядки, эсласангиз.Alauddin Mansour: (Ushbu) Biz nozil qilgan va (undagi hukmlarni musulmonlar zimmasiga) farz qilgan bir suradir. Sizlar eslatma-ibrat olishingiz uchun Biz unda ochiq-ravshan oyatlarni nozil qildik.(Ушбу) Биз нозил қилган ва (ундаги ҳукмларни мусулмонлар зиммасига) фарз қилган бир сурадир. Сизлар эслатма-ибрат олишингиз учун Биз унда очиқ-равшан оятларни нозил қилдик.
«Sura» soʻzi qoʻrgʻon maʼnosidagi arabcha «sur» soʻzidan olingan boʻlib, Qurʼon oyatlarining maʼlum boshlanish va tugashga ega boʻlgan, qoʻrgʻon kabi ajratilgan toʻpiga aytiladi. Alloh taolo ushbu suraning boshida alohida taʼkidlab: «(Bu bir) suradir. Biz uni nozil qildik», demoqda. Yaʼni, ushbu surani Biz oʻzimiz nozil qildik. Bizdan oʻzga hech kim tushirgani yoʻq. Shuning uchun unga alohida eʼtibor bilan qaranglar, demoqda. «Biz uni farz qildik.» Yaʼni, ushbu suradagi hukmlarga, koʻrsatmalarga amal qilishni bandalarga Biz farz qildik. Bu sunnat ham emas, oddiy bir tavsiya ham emas, balki farzdir. Farz esa, banda qilishi majburiy boʻlgan amrdir. «Biz unda ochiq-oydin oyatlarni nozil qildik.» Biz oʻsha surada ochiq-oydin oyatlarni tushirdik, ularning hammasi ravshan, hech bir noaniqlik yoʻq. «Shoyadki, eslasangiz». Tushunib yetsangiz va toʻliq amal qilsangiz. Eʼtiborni jalb qiluvchi ushbu muqaddimadan soʻng, asosiy mavzuga oʻtiladi: