إِنَّ ٱلَّذِينَ جَآءُو بِٱلْإِفْكِ عُصْبَةٌ مِّنكُمْ ۚ لَا تَحْسَبُوهُ شَرًّا لَّكُم ۖ بَلْ هُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ۚ لِكُلِّ ٱمْرِئٍ مِّنْهُم مَّا ٱكْتَسَبَ مِنَ ٱلْإِثْمِ ۚ وَٱلَّذِى تَوَلَّىٰ كِبْرَهُۥ مِنْهُمْ لَهُۥ عَذَابٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, ifkni keltirganlar o`zingizdan bo`lgan bir usba (to`da)dir. Uni o`zingizga yomonlik deb hisoblamang. Aksincha, u siz uchun yaxshilikdir. Ulardan har bir kishi uchun o`zi qilgan kasbning gunohi bordir. Ulardan (gunohning) kattasini ko`targan kimsaga buyuk azob bordir.Албатта, ифкни келтирганлар ўзингиздан бўлган бир усба (тўда)дир. Уни ўзингизга ёмонлик деб ҳисобламанг. Аксинча, у сиз учун яхшиликдир. Улардан ҳар бир киши учун ўзи қилган касбнинг гуноҳи бордир. Улардан (гуноҳнинг) каттасини кўтарган кимсага буюк азоб бордир.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, bu boʻhtonni (vujudga) keltirgan kimsalar oʻzlaringizdan boʻlgan bir toʻdadir. Uni sizlar oʻzlaringiz uchun yomonlik deb oʻylamanglar, balki u sizlar uchun yaxshilikdir Ulardan (yaʼni, boʻhtonchilardan) har bir kishi uchun oʻzi kasb qilgan gunoh(ga yarasha jazo) bordir. Ularning orasidagi (gunohning) kattasini koʻtargan kimsa uchun ulugʻ azob bordir.Шак-шубҳасиз, бу бўҳтонни (вужудга) келтирган кимсалар ўзларингиздан бўлган бир тўдадир. Уни сизлар ўзларингиз учун ёмонлик деб ўйламанглар, балки у сизлар учун яхшиликдир Улардан (яъни, бўҳтончилардан) ҳар бир киши учун ўзи касб қилган гуноҳ(га яраша жазо) бордир. Уларнинг орасидаги (гуноҳнинг) каттасини кўтарган кимса учун улуғ азоб бордир.
Oisha onamiz gaplarida davom etib, yana quyidagilarni aytadilar:
«Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr (u kishi qarindosh boʻlgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar): «Allohga qasamki, Oisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: