لَّوْلَآ إِذْ سَمِعْتُمُوهُ ظَنَّ ٱلْمُؤْمِنُونَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتُ بِأَنفُسِهِمْ خَيْرًا وَقَالُوا۟ هَـٰذَآ إِفْكٌ مُّبِينٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(ifk)ni eshitgan vaqtingizda mo`minlar va mo`minalar o`zlari haqida yaxshi gumonga borib: «Bu ochiq-oydin ifk-ku!» desalar bo`lmasmidi?!У(ифк)ни эшитган вақтингизда мўминлар ва мўминалар ўзлари ҳақида яхши гумонга бориб: «Бу очиқ-ойдин ифк-ку!» десалар бўлмасмиди?!Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), sizlar (bu boʻhtonni) eshitgan paytingizda, moʻmin va moʻminalar bir-birlari haqida yaxshilikni oʻylab: «Bu ochiq boʻhton-ku!», desalar boʻlmasmidi?!(Эй мўминлар), сизлар (бу бўҳтонни) эшитган пайтингизда, мўмин ва мўминалар бир-бирлари ҳақида яхшиликни ўйлаб: «Бу очиқ бўҳтон-ку!», десалар бўлмасмиди?!
Oisha onamiz gaplarida davom etib, yana quyidagilarni aytadilar:
«Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr (u kishi qarindosh boʻlgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar): «Allohga qasamki, Oisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: