۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّبِعُوا۟ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَـٰنِ ۚ وَمَن يَتَّبِعْ خُطُوَٰتِ ٱلشَّيْطَـٰنِ فَإِنَّهُۥ يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۚ وَلَوْلَا فَضْلُ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَتُهُۥ مَا زَكَىٰ مِنكُم مِّنْ أَحَدٍ أَبَدًا وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ يُزَكِّى مَن يَشَآءُ ۗ وَٱللَّهُ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar! Shaytonning izidan ergashmang. Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, u fohisha va munkarga buyuradir. Agar sizlarga Allohning fazli va marhamati bo`lmaganida, abadul-abad ichingizdan biror kishi poklana olmas edi. Lekin Alloh O`zi xohlagan kishini poklar. Alloh o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.Эй, иймон келтирганлар! Шайтоннинг изидан эргашманг. Ким шайтоннинг изидан эргашса, бас, албатта, у фоҳиша ва мункарга буюрадир. Агар сизларга Аллоҳнинг фазли ва марҳамати бўлмаганида, абадул-абад ичингиздан бирор киши поклана олмас эди. Лекин Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишини поклар. Аллоҳ ўта эшитгувчи, ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta (shayton) buzuqlik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu-marhamati boʻlmasa edi, sizlardan biron kishi (biron gunohdan) pok boʻlmas edi. Lekin Alloh (fazlu-marhamati bilan) Oʻzi xohlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir.Эй мўминлар, шайтоннинг изидан эргашманглар! Ким шайтоннинг изидан эргашса, бас, албатта (шайтон) бузуқлик ва ёмонликка буюрур. Агар сизларга Аллоҳнинг фазлу-марҳамати бўлмаса эди, сизлардан бирон киши (бирон гуноҳдан) пок бўлмас эди. Лекин Аллоҳ (фазлу-марҳамати билан) Ўзи хоҳлаган кишини поклар. Аллоҳ эшитгувчи, билгувчидир.
Oisha onamiz gaplarida davom etib, yana quyidagilarni aytadilar:
«Alloh taolo meni oqlash uchun ushbu oyatlarni nozil qilganida Abu Bakr (u kishi qarindosh boʻlgani va faqirligi uchun Mistoh ibn Asosaga nafaqa berib turardilar): «Allohga qasamki, Oisha haqida qilgan gapi uchun Mistohga abadiy hech narsa bermayman», dedilar. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: