QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят25

يَوْمَئِذٍ يُوَفِّيهِمُ ٱللَّهُ دِينَهُمُ ٱلْحَقَّ وَيَعْلَمُونَ أَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ ٱلْمُبِينُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda Alloh ularning haq jazolarini to`liq berur va ular Allohning O`zi ochiq haq ekanini bilurlar.Ўша кунда Аллоҳ уларнинг ҳақ жазоларини тўлиқ берур ва улар Аллоҳнинг Ўзи очиқ ҳақ эканини билурлар.Alauddin Mansour: Oʻsha kunda Alloh ularning haqiqiy jazolarini komil qilib berur va ular Allohning aniq-haq ekanini bilurlar.Ўша кунда Аллоҳ уларнинг ҳақиқий жазоларини комил қилиб берур ва улар Аллоҳнинг аниқ-ҳақ эканини билурлар.

352-sahifa · 18-juz · 36-hizb352-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَئِذٍۢoʻsha kundaўша кундаيُوَفِّيهِمُtoʻliq berur ulargaтўлиқ берур уларгаٱللَّهُAllohАллоҳدِينَهُمُjazolariniжазолариниٱلْحَقَّhaqҳақوَيَعْلَمُونَva bilurlarва билурларأَنَّ-ki-киٱللَّهَAllohАллоҳهُوَUning OʻziУнинг Ўзиٱلْحَقُّhaqҳақٱلْمُبِينُochiqочиқ
TafsirТафсир

Qiyomat kunida Alloh taolo ularga tegishli jazoni haq–adolat ila toʻla beradi. Ana oʻshanda bu dunyoda ular ishonmay yurgan Parvardigorlari:

«...Allohning Oʻzi ochiq haq ekanini bilurlar».

Imom Buxoriy, imom Muslim va imom ibn Abu Hotim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallam:

«Yetti halok qiluvchi gunohdan chetda boʻlinglar», dedilar. Odamlar:

«Ular nimalar, ey, Allohning Rasuli?»–deb soʻradilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam:

«Allohga shirk keltirish; sehr; Alloh oʻldirishni harom qilgan jonni nohaq oʻldirish; riboxoʻrlik qilish; yetimning molini yeyish; urushda orqaga qochish; pokiza, gʻofila, moʻmina ayollarga tuhmat toshini otish», dedilar.

Hofiz Abul Qosim at-Tobaroniy Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Pokiza ayolga boʻhton toshi otish yuz yillik amalni buzadi», degan ekanlar.

Ifk hodisasi haqidagi oyatlarni Alloh taolo quyidagi oyat bilan yakunlaydi.