QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят26

ٱلْخَبِيثَـٰتُ لِلْخَبِيثِينَ وَٱلْخَبِيثُونَ لِلْخَبِيثَـٰتِ ۖ وَٱلطَّيِّبَـٰتُ لِلطَّيِّبِينَ وَٱلطَّيِّبُونَ لِلطَّيِّبَـٰتِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ مُبَرَّءُونَ مِمَّا يَقُولُونَ ۖ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nopok xotinlar nopok erkaklar uchundir. Nopok erkaklar nopok xotinlar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erkaklar uchundir. Pokiza erkaklar pokiza ayollar uchundir. Ana o`shalar u(bo`htonchi)lar aytayotgan narsalardan poklangandirlar. Ularga mag`firat va go`zal rizq bordir.Нопок хотинлар нопок эркаклар учундир. Нопок эркаклар нопок хотинлар учундир. Покиза аёллар покиза эркаклар учундир. Покиза эркаклар покиза аёллар учундир. Ана ўшалар у(бўҳтончи)лар айтаётган нарсалардан поклангандирлар. Уларга мағфират ва гўзал ризқ бордир.Alauddin Mansour: Nopok ayollar nopok erlar uchundir (yaʼni, loyiqdir), nopok erlar nopok ayollar uchundir. Pokiza ayollar pokiza erlar uchundir, pokiza erlar pokiza ayollar uchundir. Ana oʻsha (pokiza erlar va pokiza ayollar) ularning (yaʼni, nopok erlar va nopok ayollarning) aytayotgan boʻhtonlaridan pokdirlar. Ular uchun magʻfirat va ulugʻ rizq (yaʼni, jannat neʼmatlari) bordir.Нопок аёллар нопок эрлар учундир (яъни, лойиқдир), нопок эрлар нопок аёллар учундир. Покиза аёллар покиза эрлар учундир, покиза эрлар покиза аёллар учундир. Ана ўша (покиза эрлар ва покиза аёллар) уларнинг (яъни, нопок эрлар ва нопок аёлларнинг) айтаётган бўҳтонларидан покдирлар. Улар учун мағфират ва улуғ ризқ (яъни, жаннат неъматлари) бордир.

352-sahifa · 18-juz · 36-hizb352-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلْخَبِيثَـٰتُnopok xotinlarнопок хотинларلِلْخَبِيثِينَnopok erkaklar uchundirнопок эркаклар учундирوَٱلْخَبِيثُونَva nopok erkaklarва нопок эркакларلِلْخَبِيثَـٰتِ ۖnopok xotinlar uchundirнопок хотинлар учундирوَٱلطَّيِّبَـٰتُva pokiza ayollarва покиза аёлларلِلطَّيِّبِينَpokiza erkaklar uchundirпокиза эркаклар учундирوَٱلطَّيِّبُونَva pokiza erkaklarва покиза эркакларلِلطَّيِّبَـٰتِ ۚpokiza ayollar uchundirпокиза аёллар учундирأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларمُبَرَّءُونَpoklangandirlarпоклангандирларمِمَّاnarsalardanнарсаларданيَقُولُونَ ۖular aytayotganулар айтаётганلَهُمulargaуларгаمَّغْفِرَةٌۭmagʻfiratмағфиратوَرِزْقٌۭva rizqва ризқكَرِيمٌۭgoʻzalгўзал
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo islomiy jamiyat hayotidagi muhim bir asosni bayon qilmoqda. U ham boʻlsa, nopok qalblar oʻzlariga oʻxshagan nopoklar bilan topishishi, oʻz navbatida, pok qalblar oʻzidek pokiza qalblar bilan topishib birlashishidir. Asli nopok insondan doimo nopoklik sodir boʻladi. U oʻziga oʻxshagan nopoklarni yoqtiradi, ular bilan topishadi, doim birga boʻladi. Lekin pok kishilarga qoʻshila olmaydi. Shuningdek, pok odam ham doimo poklik bilan yashaydi. Pok kishilarni qidiradi, topadi, birga boʻladi. Eru xotin boʻlishda ham shu. Pok xotinga pok er, nopok xotinga nopok. Agar nopok bilan pok birlashib qolsa, bu hamdamlik uzoqqa bormaydi. Chunki, pok bilan nopokning birga boʻlishlari amri mahol. Shunday ekan, Alloh pok qilib yaratgan, Paygʻambarlikka tanlagan zot– Muhammad sollallohu alayhi vasallam Oishai Siddiqani hamma ayollaridan yaxshi koʻrishlari u ayolning nihoyatda pokligi sababidan emasmi?! Oisha onamizda zarracha nopoklik boʻlganida, u muhtarama zotni Allohning Paygʻambari Muhammad sollallohu alayhi vasallam shunchalar yaxshi koʻrishlari mumkin edimi?!

Ana oʻsha pok er va ayollar boʻhtonchilar ularga qoʻyayotgan ayblardan pokdirlar.

«Ularga magʻfirat va goʻzal rizq bordir.»

Ularga bu dunyoda magʻfirat–gunohlarini kechish va u dunyoda goʻzal rizq–jannat bordir.

Shu bilan ifk hodisasi — musulmonlar jamoasini katta musiybatga solgan hodisa haqidagi oyatlar nihoyasiga yetdi. Bu hodisa Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam oilasining pokligini va bu oilani Allohning Oʻzi saqlashini isbot etdi.

«Nur» surasining boshidan to shu yerigacha jamiyatda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan buzgʻunchiliklar, zino, zinoda ayblash, beayb odamlar haqida buzuqi mish-mishlar tarqatish xususida, ularning jazosi, oqibati haqida soʻz ketdi. Endigi oyatlarda esa, oʻsha buzgʻunchiliklarning oldini olish, ularning Islom jamiyatida yuz berishiga yoʻl qoʻymaslik choralari bayon etiladi.