QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят37

رِجَالٌ لَّا تُلْهِيهِمْ تِجَـٰرَةٌ وَلَا بَيْعٌ عَن ذِكْرِ ٱللَّهِ وَإِقَامِ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءِ ٱلزَّكَوٰةِ ۙ يَخَافُونَ يَوْمًا تَتَقَلَّبُ فِيهِ ٱلْقُلُوبُ وَٱلْأَبْصَـٰرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir kishilarki, ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni to`kis ado etishdan va zakot berishdan mashg`ul qila olmas. Ular qalblar va ko`zlar iztirobga tushadigan kundan qo`rqarlar.Бир кишиларки, уларни тижорат ҳам, олди-сотди ҳам Аллоҳнинг зикридан, намозни тўкис адо этишдан ва закот беришдан машғул қила олмас. Улар қалблар ва кўзлар изтиробга тушадиган кундан қўрқарлар.Alauddin Mansour: Ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni toʻkis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashgʻul qila olmas. Ular dillar va koʻzlar iztirobga tushib qoladigan (Qiyomat) kunidan qoʻrqurlar.Уларни на тижорат ва на олди-сотди Аллоҳни зикр қилишдан, намозни тўкис адо этишдан ва закотни (ҳақдорларга) ато этишдан машғул қила олмас. Улар диллар ва кўзлар изтиробга тушиб қоладиган (Қиёмат) кунидан қўрқурлар.

355-sahifa · 18-juz · 36-hizb355-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
رِجَالٌۭbir kishilarkiбир кишиларкиلَّاemasэмасتُلْهِيهِمْularni mashgʻul qila olmasуларни машғул қила олмасتِجَـٰرَةٌۭtijoratтижоратوَلَاva emasва эмасبَيْعٌoldi-sotdiолди-сотдиعَن-dan-данذِكْرِzikridanзикриданٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَإِقَامِva toʻkis ado etishdanва тўкис адо этишданٱلصَّلَوٰةِnamozniнамозниوَإِيتَآءِva berishdanва беришданٱلزَّكَوٰةِ ۙzakotзакотيَخَافُونَqoʻrqarlarқўрқарларيَوْمًۭاkundanкунданتَتَقَلَّبُiztirobga tushadiganизтиробга тушадиганفِيهِundaундаٱلْقُلُوبُqalblarқалбларوَٱلْأَبْصَـٰرُva koʻzlarва кўзлар
TafsirТафсир

Demak, Allohning nuri, nurli chiroq, iymon nuri

«(U) bir uylardaki, Alloh ularning koʻtarilishiga...» izn bergan.

Yaʼni, moddiy va maʼnaviy jihatdan yuqori darajada boʻlishiga Alloh taoloning Oʻzi amr qilgan. Bu uylarni baland qilib qurishga izn bergan.

«...va ularda Oʻz ismining zikr qilinishiga izn bergandir.»

Yaʼni, oʻsha baland qilib qurilgan uylarning darajasini yanada balandlatish uchun ularda Oʻzining ismini zikr etishni buyurgan. Shu maʼnolarni eʼtiborga olib, ulamolarimizning koʻplari, bu uylardan murod masjidlardir, deydilar. Hazrati Abdulloh ibn Abbosdan: «Masjidlar Allohning yerdagi uylaridir», degan gap ham naql qilingan. Ushbu oyatning tafsirida Hofiz ibn Kasir masjid qurishga targʻib qiluvchi, masjid odoblarini oʻrgatuvchi hadislar bilan bir qatorda masjidga zeb berishdan qaytaruvchi hadislarni ham keltirganlar.

Imom Abu Dovud Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Men masjidlarni bezashga amr qilinmaganman», deganlar.

Imom Ahmad va yana bir qancha muhaddislar Anas roziyallohu anhudan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Odamlar masjidlar ila maqtanadigan boʻlmagunlaricha qiyomat qoim boʻlmaydi», deganlarini rivoyat qilganlar.

Demak, masjidlarning haqiqiy obodligi ularda Allohga ibodat qilish bilan boʻladi. Shuning uchun ham, oyatning davomida va keyingi oyatda aynan shu narsa zikr qilinmoqda.

«Ularda Unga ertayu kech bir kishilar tasbih ayturlarki…...»

Yaʼni, u uylarda Allohga shunday kishilar ertayu kech tasbih ayturlar–Allohni poklab yod eturlarki,

«ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni toʻkis ado etishdan va zakot berishdan mashgʻul qila olmas».

Bu yerda Allohning nurini idrok etishga va uning fayzidan bahramand boʻlishga haqli kishilarning sifatlari keltirilmoqda. Alloh taolo neʼmatini, nurini koʻringanga ato qilavermaydi, albatta. Balki, maʼlum sifatlarga ega boʻlgan zotlargagina ato etadi. Ana oʻsha insonlarning sifatlaridan biri Alloh taoloni ertayu kech poklab yod etish–tasbih aytish boʻlsa, yana bir sifati tijoratga ham, oldi-sotdiga ham mashgʻul boʻlmasdan, Allohni zikr etishlaridir. Yaʼni, ish vaqtida ham Allohni unutmaydilar. Tijorat va oldi-sotdi bilan mashgʻul boʻlib, namozni, xususan jamoat namozini qoldirmaydilar. Mening oʻzim tijorat qilib, zoʻrgʻa topdim-ku, deb zakot berishdan ham qochmaydilar. Chunki:

«Ular qalblar va koʻzlar iztirobga tushadigan kundan qoʻrqarlar».

Yaʼni, qiyomat kunidan qoʻrqadilar. U kunda tijorat bilan, oldi- sotdi bilan mashgʻul boʻlib, Allohning zikrini, namozni toʻkis ado etishni, zakot berishni unutganlarning qalblari va koʻzlari qoʻrqinchdan iztirobga tushadi.

Ammo yuqorida aytilgan sifatga ega boʻlganlarning iymon va amallari hamda oʻsha kundan qoʻrqishlari: