QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят36

فِى بُيُوتٍ أَذِنَ ٱللَّهُ أَن تُرْفَعَ وَيُذْكَرَ فِيهَا ٱسْمُهُۥ يُسَبِّحُ لَهُۥ فِيهَا بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْـَٔاصَالِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (U) bir uylardaki, Alloh ularning ko`tarilishiga va ularda O`z ismi zikr qilinishiga izn bergandir. Ularda Unga ertayu kech tasbih ayturlar(У) бир уйлардаки, Аллоҳ уларнинг кўтарилишига ва уларда Ўз исми зикр қилинишига изн бергандир. Уларда Унга эртаю кеч тасбиҳ айтурларAlauddin Mansour: (U chiroq) bir uylarda (yaʼni, masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland koʻtarib (bino) qilinishiga va ularda Oʻzining nomi zikr qilinishiga izn bergan (yaʼni, amr qilgan) edi. U (masjidlarda) erta-yu kech U zotni poklaydigan kishilar bordirki,(У чироқ) бир уйларда (яъни, масжидларда ёқилурки), Аллоҳ уларни баланд кўтариб (бино) қилинишига ва уларда Ўзининг номи зикр қилинишига изн берган (яъни, амр қилган) эди. У (масжидларда) эрта-ю кеч У зотни поклайдиган кишилар бордирки,

354-sahifa · 18-juz · 36-hizb354-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فِى-da-даبُيُوتٍuylardakiуйлардакиأَذِنَizn bergandirизн бергандирٱللَّهُAllohАллоҳأَن-ki-киتُرْفَعَkoʻtarilsinкўтарилсинوَيُذْكَرَva zikr qilinsinва зикр қилинсинفِيهَاulardaулардаٱسْمُهُۥOʻz ismiЎз исмиيُسَبِّحُtasbih ayturlarтасбиҳ айтурларلَهُۥUngaУнгаفِيهَاulardaулардаبِٱلْغُدُوِّertayuэртаюوَٱلْـَٔاصَالِva kechва кеч
TafsirТафсир

Demak, Allohning nuri, nurli chiroq, iymon nuri

«(U) bir uylardaki, Alloh ularning koʻtarilishiga...» izn bergan.

Yaʼni, moddiy va maʼnaviy jihatdan yuqori darajada boʻlishiga Alloh taoloning Oʻzi amr qilgan. Bu uylarni baland qilib qurishga izn bergan.

«...va ularda Oʻz ismining zikr qilinishiga izn bergandir.»

Yaʼni, oʻsha baland qilib qurilgan uylarning darajasini yanada balandlatish uchun ularda Oʻzining ismini zikr etishni buyurgan. Shu maʼnolarni eʼtiborga olib, ulamolarimizning koʻplari, bu uylardan murod masjidlardir, deydilar. Hazrati Abdulloh ibn Abbosdan: «Masjidlar Allohning yerdagi uylaridir», degan gap ham naql qilingan. Ushbu oyatning tafsirida Hofiz ibn Kasir masjid qurishga targʻib qiluvchi, masjid odoblarini oʻrgatuvchi hadislar bilan bir qatorda masjidga zeb berishdan qaytaruvchi hadislarni ham keltirganlar.

Imom Abu Dovud Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Men masjidlarni bezashga amr qilinmaganman», deganlar.

Imom Ahmad va yana bir qancha muhaddislar Anas roziyallohu anhudan Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Odamlar masjidlar ila maqtanadigan boʻlmagunlaricha qiyomat qoim boʻlmaydi», deganlarini rivoyat qilganlar.

Demak, masjidlarning haqiqiy obodligi ularda Allohga ibodat qilish bilan boʻladi. Shuning uchun ham, oyatning davomida va keyingi oyatda aynan shu narsa zikr qilinmoqda.

«Ularda Unga ertayu kech bir kishilar tasbih ayturlarki…...»

Yaʼni, u uylarda Allohga shunday kishilar ertayu kech tasbih ayturlar–Allohni poklab yod eturlarki,

«ularni tijorat ham, oldi-sotdi ham Allohning zikridan, namozni toʻkis ado etishdan va zakot berishdan mashgʻul qila olmas».

Bu yerda Allohning nurini idrok etishga va uning fayzidan bahramand boʻlishga haqli kishilarning sifatlari keltirilmoqda. Alloh taolo neʼmatini, nurini koʻringanga ato qilavermaydi, albatta. Balki, maʼlum sifatlarga ega boʻlgan zotlargagina ato etadi. Ana oʻsha insonlarning sifatlaridan biri Alloh taoloni ertayu kech poklab yod etish–tasbih aytish boʻlsa, yana bir sifati tijoratga ham, oldi-sotdiga ham mashgʻul boʻlmasdan, Allohni zikr etishlaridir. Yaʼni, ish vaqtida ham Allohni unutmaydilar. Tijorat va oldi-sotdi bilan mashgʻul boʻlib, namozni, xususan jamoat namozini qoldirmaydilar. Mening oʻzim tijorat qilib, zoʻrgʻa topdim-ku, deb zakot berishdan ham qochmaydilar. Chunki:

«Ular qalblar va koʻzlar iztirobga tushadigan kundan qoʻrqarlar».

Yaʼni, qiyomat kunidan qoʻrqadilar. U kunda tijorat bilan, oldi- sotdi bilan mashgʻul boʻlib, Allohning zikrini, namozni toʻkis ado etishni, zakot berishni unutganlarning qalblari va koʻzlari qoʻrqinchdan iztirobga tushadi.

Ammo yuqorida aytilgan sifatga ega boʻlganlarning iymon va amallari hamda oʻsha kundan qoʻrqishlari: