QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят35

۞ ٱللَّهُ نُورُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ مَثَلُ نُورِهِۦ كَمِشْكَوٰةٍ فِيهَا مِصْبَاحٌ ۖ ٱلْمِصْبَاحُ فِى زُجَاجَةٍ ۖ ٱلزُّجَاجَةُ كَأَنَّهَا كَوْكَبٌ دُرِّىٌّ يُوقَدُ مِن شَجَرَةٍ مُّبَـٰرَكَةٍ زَيْتُونَةٍ لَّا شَرْقِيَّةٍ وَلَا غَرْبِيَّةٍ يَكَادُ زَيْتُهَا يُضِىٓءُ وَلَوْ لَمْ تَمْسَسْهُ نَارٌ ۚ نُّورٌ عَلَىٰ نُورٍ ۗ يَهْدِى ٱللَّهُ لِنُورِهِۦ مَن يَشَآءُ ۚ وَيَضْرِبُ ٱللَّهُ ٱلْأَمْثَـٰلَ لِلنَّاسِ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh osmonlar va yerning nuridir. Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qo`yilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, go`yo durdan bo`lgan bir yulduz bo`lib, sharqiy ham, g`arbiy ham bo`lmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir. Uning moyi o`ziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir. (Bu) nur ustiga nurdir. Alloh xohlagan odamni O`z nuriga hidoyat qilur. Alloh odamlarga misollarni keltirur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchidir.Аллоҳ осмонлар ва ернинг нуридир. Унинг нурининг мисоли худди бир токча, унинг ичига чироқ қўйилган, чироқ эса, шиша ичида, шиша эса, гўё дурдан бўлган бир юлдуз бўлиб, шарқий ҳам, ғарбий ҳам бўлмаган муборак зайтун дарахтидан ёқиладир. Унинг мойи ўзига олов тегмаса ҳам, ёритиб юборай дейдир. (Бу) нур устига нурдир. Аллоҳ хоҳлаган одамни Ўз нурига ҳидоят қилур. Аллоҳ одамларга мисолларни келтирур. Аллоҳ ҳар бир нарсани ўта билгувчидир.Alauddin Mansour: Alloh osmonlar va Yerning nuridir (yaʼni, ularning barchasini yoritib, koʻzga koʻrsatib — yoʻqdan bor qilib turguvchidir). U zot nurining (moʻmin banda qalbidagi) misoli xuddi bir tokcha, uning ustida bir chiroq, bu chiroq bir shisha ichida, u shisha goʻyo bir dur yulduzga oʻxshaydi. U (chiroq) na sharqiy va na gʻarbiy boʻlmagan (balki zaminning qoq markazidagi) muborak zaytun daraxtining (moyidan) yoqilur. Uning moyi (tiniq, musaffoligidan) garchi unga olov tegmasa-da, (atrofni) yoritib yuborgudek. (Olov tekkach esa) nur ustiga nur (boʻlur). Alloh Oʻzining (bu nuriga) Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Alloh odamlar (ibrat olishlari) uchun (mana shunday) misollar keltirur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.Аллоҳ осмонлар ва Ернинг нуридир (яъни, уларнинг барчасини ёритиб, кўзга кўрсатиб — йўқдан бор қилиб тургувчидир). У зот нурининг (мўмин банда қалбидаги) мисоли худди бир токча, унинг устида бир чироқ, бу чироқ бир шиша ичида, у шиша гўё бир дур юлдузга ўхшайди. У (чироқ) на шарқий ва на ғарбий бўлмаган (балки заминнинг қоқ марказидаги) муборак зайтун дарахтининг (мойидан) ёқилур. Унинг мойи (тиниқ, мусаффолигидан) гарчи унга олов тегмаса-да, (атрофни) ёритиб юборгудек. (Олов теккач эса) нур устига нур (бўлур). Аллоҳ Ўзининг (бу нурига) Ўзи хоҳлаган кишиларни ҳидоят қилур. Аллоҳ одамлар (ибрат олишлари) учун (мана шундай) мисоллар келтирур. Аллоҳ барча нарсани билгувчидир.

354-sahifa · 18-juz · 36-hizb354-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ ٱللَّهُAllohАллоҳنُورُnuridirнуридирٱلسَّمَـٰوَٰتِosmonlarосмонларوَٱلْأَرْضِ ۚva yerningва ернингمَثَلُmisoliмисолиنُورِهِۦUning nuriningУнинг нуринингكَمِشْكَوٰةٍۢxuddi bir tokchadekхудди бир токчадекفِيهَاuning ichigaунинг ичигаمِصْبَاحٌ ۖchiroq qoʻyilganчироқ қўйилганٱلْمِصْبَاحُchiroq esaчироқ эсаفِىichidaичидаزُجَاجَةٍ ۖshishaшишаٱلزُّجَاجَةُshisha esaшиша эсаكَأَنَّهَاgoʻyo uгўё уكَوْكَبٌۭyulduzюлдузدُرِّىٌّۭdurdan boʻlganдурдан бўлганيُوقَدُyoqilurёқилурمِن-dan-данشَجَرَةٍۢdaraxtidanдарахтиданمُّبَـٰرَكَةٍۢmuborakмуборакزَيْتُونَةٍۢzaytunзайтунلَّاemasэмасشَرْقِيَّةٍۢsharqiyшарқийوَلَاva emasва эмасغَرْبِيَّةٍۢgʻarbiyғарбийيَكَادُboʻlay deydirбўлай дейдирزَيْتُهَاuning moyiунинг мойиيُضِىٓءُyoritib yuborayёритиб юборайوَلَوْva agarchiва агарчиلَمْemasэмасتَمْسَسْهُunga tegmasaунга тегмасаنَارٌۭ ۚolovоловنُّورٌnurнурعَلَىٰustigaустигаنُورٍۢ ۗnurdirнурдирيَهْدِىhidoyat qilurҳидоят қилурٱللَّهُAllohАллоҳلِنُورِهِۦOʻz nurigaЎз нуригаمَنkimniкимниيَشَآءُ ۚxohlasaхоҳласаوَيَضْرِبُva keltirurва келтирурٱللَّهُAllohАллоҳٱلْأَمْثَـٰلَmisollarniмисолларниلِلنَّاسِ ۗodamlargaодамларгаوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌۭoʻta bilguvchidirўта билгувчидир
TafsirТафсир

Suraning nomi ushbu oyati karimadan olingan. Bu oyati karima «Nur oyati» deb ham nomlanadi.

Tafsirchilarimiz, faylasuflarimiz bu oyati karima haqida koʻp bahs yuritganlar. Hatto, Hujjatul Islom imom Fazzoliy «Nur oyati»ni tafsir qilib, «Mishkotul anvor» nomli bir kitob ham yozganlar.

Oyatda Alloh taolo Oʻz zoti oliysini «Nur» deb atamoqda. Lekin bu nur siz bilan bizning tushunchamizdagi moddiy, koʻzga taʼsir oʻtkazadigan, olimlar taxminicha, bir soniyada 186000 mil tezlikda harakat qiladigan yorugʻlik nuri emas. Alloh taoloning hech bir sifati siz bilan bizning tasavvurimizga toʻgʻri kelmaydi. U oʻxshashi yoʻq zotdir. Buni hamma ulamolarimiz bir ovozdan taʼkidlaganlar. Ammo oyatning tafsiriga kelganda fikrlar turlicha boʻlgan.

«Alloh osmonlar va yerning nuridir.»

Bu jumlani baʼzi ulamolarimiz, «Alloh osmonlar va yerni munavvar qilguvchidir», deb tushuntirganlar. Boshqa birlari esa, «Alloh osmonlaru yerni vujudga keltirguvchidir», deganlar. Yana boshqalari, Alloh taolo osmonlar va yerni, yaʼni borliqni oʻz nuridan yaratgandir, degan maʼnoda tafsir qilganlar. Yana bir toifasi, Alloh taolo borliqni bildirguvchidir, deganlar.

Bu tushunchalarning hammasi arab tilida «nur» soʻzi ifoda etadigan maʼnolardan olingandir.

«Nur» soʻzi, aslida, oʻzi zohir boʻlib, oʻzgalarni ham zohir etuvchi vujudga nisbatan ishlatiladi. Misol uchun, qorongʻulikda yorugʻlik zohir boʻlib, avval oʻzi koʻrinadi va shuning barobarida atrofni ham yoritadi, yaʼni, koʻrsatadi.

Shu sababdan, quyosh, oy, yulduzlardan taraladigan, soniyada 186000 mil harakat qilib, koʻzga, miyadagi koʻrish markaziga taʼsir oʻtkazadigan yorugʻlik ham nur deyiladi. Shuningdek, ilmga nisbatan ham «nur» soʻzi ishlatiladi. Yana, iymon ham nur deyiladi; Qurʼonni esa, Alloh taoloning oʻzi nur deb atagan; koʻzning koʻrish qobiliyatini-da nur deyishadi; farzandga nisbatan ham, «koʻzimning nuri» degan iborani ishlatishadi. Qisqasi, «nur» soʻzi juda koʻp maʼnolarda qoʻllangan.

Shunga oʻxshash lugʻaviy maʼnolar eʼtiboridan kelib chiqib, oyatdagi jumlaning tafsiri turlicha boʻlgan. Oʻsha tafsirlardan baʼzilari yuqorida keltirildi.

Alloh taolo osmonlar va yerning nuri ekanligi insoniy tasavvurga sigʻishi qiyin, shuning uchun inson idrokiga mos misol bilan tushuntirilmoqda:

«Uning nurining misoli xuddi bir tokcha, uning ichiga chiroq qoʻyilgan, chiroq esa, shisha ichida, shisha esa, goʻyo durdan boʻlgan bir yulduz boʻlib, sharqiy ham, gʻarbiy ham boʻlmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir».

Oʻsha vaqtda yorugʻlik hosil qilish uchun ishlatiladigan shisha chiroq insonlar ongida eng taraqqiy etgan vosita boʻlgan. Nur yaxshi taralishi uchun, avvalo, devorda oʻyma tokcha boʻlishi kerak.

«Uning nurining misoli xuddi bir tokcha...»

Tokchada turgan chiroqning nuri behuda tarqalmasdan, bir tarafga taraladi, shamol tegib, oʻchib qolavermaydi hamda lipillab tutamaydi. Ammo faqat pilik yongan bilan yorugʻlik boʻlmaydi. Agar pilikning ustiga shisha oʻrnatilsa, u oʻchib ham qolmaydi, nuri ham atrofga ravshan taraladi.

«uning ichiga chiroq qoʻyilgan, chiroq esa, shisha ichida...»

Endi, shisha bilan shishaning ham farqi bor. Shisha qanchalik shaffof boʻlsa, chiroqning nuri shunchalik ravshan yoritadi. Ushbu oyatda misol keltirilayotgan chiroqning shishasi goʻyo durdan boʻlgan bir yulduz ekan.

«shisha esa, goʻyo durdan boʻlgan bir yulduz boʻlib...»

Dur musaffolik, yulduz esa, yorugʻlik timsoli. Ikki timsol bir boʻlib, oʻsha chiroqning shishasida aks topmoqda. Bu esa, misli yoʻq darajada yorugʻlik beradigan chiroq deganidir.

Endi, bu chiroq yonishi uchun yoqilgʻi–moy kerak. Ammo moy yaxshi boʻlmogʻi lozim, yoʻqsa, chiroq ravshan nur taratolmaydi. Oyatning davomida vasf qilinayotgan chiroqning yogʻi qanaqa ekanligi bayon etilmoqda:

«...sharqiy ham, gʻarbiy ham boʻlmagan muborak zaytun daraxtidan yoqiladir».

Yaʼni, chiroqning yogʻi muborak zaytun daraxtidan olingan. Oʻsha vaqtdagi eng yaxshi chiroq yogʻi zaytun yogʻi boʻlgan. Ammo hamma zaytunning ham yogʻi bir xil boʻlavermaydi. Quyosh tegmay, soyada oʻsgan zaytundan umuman yaxshi yogʻ chiqmaydi. Quyosh faqat sharq tomonidan tushadigan zaytunning yogʻi ham, shuningdek, faqat gʻarb tomonidan tushadigan zaytun daraxtining yogʻi ham uncha yaxshi boʻlmaydi. Eng yaxshisi sharqiy ham, gʻarbiy ham boʻlmay, ertadan kechgacha quyoshda toblanib, quyosh nurini toʻla emib oʻsgan zaytunning yogʻidir. Buning ustiga, zaytun muborak daraxtdir.

«Uning moyi oʻziga olov tegmasa ham, yoritib yuboray deydir.»

Yaʼni, yaxshi joyda oʻsgan muborak daraxtning–zaytunning yogʻi boʻlgani uchun, chiroqqa quyib, pilikka olib yoqmasa ham, oʻzidan-oʻzi ziyo taratib yuboray deb turibdi.

Xullas, tokcha nur uchun tayyorlangan, chiroqning oʻzi nur, ustiga kiydiriladigan shisha nurli yulduz kabi durdek ravshan, yogʻi ham nur sochay deb turibdi. Bularning hammasi

«nur ustiga nurdir». Ha, Allohning nuri ana shunday yorqindir. Ammo:

«Alloh xohlagan odamni Oʻz nuriga hidoyat qilur».

Hammani ham hidoyat qilavermaydi. Koʻzi koʻr odam quyoshning, oyning, yulduzning, hatto oldida turgan chiroqning nurini koʻrmaganidek, qalb koʻzi koʻr odam ham Allohning nuriga–iymonga, dinu diyonatga, Qurʼonga, Islomga hidoyat topmaydi. Shunday qilib:

«Alloh odamlarga misollarni keltirur».

Odamlarga qanday misol toʻgʻri kelishini U zotning Oʻzi biladi.

Chunki:

«Alloh har bir narsani oʻta bilguvchidir».

Allohning mazkur nurli chirogʻi qayerda?