وَلَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ ءَايَـٰتٍ مُّبَيِّنَـٰتٍ وَمَثَلًا مِّنَ ٱلَّذِينَ خَلَوْا۟ مِن قَبْلِكُمْ وَمَوْعِظَةً لِّلْمُتَّقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz sizlarga ochiq-oydin oyatlarni, sizdan oldin o`tganlardan misolni va taqvodorlar uchun va'zni nozil qildik.Батаҳқиқ, Биз сизларга очиқ-ойдин оятларни, сиздан олдин ўтганлардан мисолни ва тақводорлар учун ваъзни нозил қилдик.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), darhaqiqat, Biz sizlarga ochiq-ravshan oyatlarni, sizlardan ilgari oʻtgan zotlar toʻgʻrisidagi misollarni va taqvodor kishilar uchun pand-nisahatni nozil qildik.(Эй мўминлар), дарҳақиқат, Биз сизларга очиқ-равшан оятларни, сизлардан илгари ўтган зотлар тўғрисидаги мисолларни ва тақводор кишилар учун панд-нисаҳатни нозил қилдик.
Qurʼoni Karim oyatlari ochiq-oydin, ularning hech tushunarsiz yoki noaniq qolgan joyi yoʻq. Kim xohlasa, ularni oʻrganib, tatbiq qilib, najot topadi.
Qurʼoni Karimda, ibrat olish uchun, oʻtganlarning misollari ham keltirilgan. Iymonda yurganlar najot topib, kufrni ixtiyor qilganlar halok boʻlishiga tarixdan dalillar keltirilgan.
Qurʼoni Karimda taqvodor zotlar uchun yetarlicha mavʼiza ham bor.
Surada koʻp hukmlar bayon qilindi. Ulardan juda koʻp masalalarga yechim topish bilan birga, munofiqlar juda xatarli shaxslar ekanliklarini ham anglab oldik. Ular Islom jamiyatining ichida turli fitnalar qoʻzgʻab yurganlari uchun ham kofir va mushriklardan koʻra ancha xatarli ekanligi maʼlum. Ular sirtdan oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatib, baʼzi muxlis musulmonlarni ham yoʻldan urish imkoniga ega boʻlib oladilar. Ular Qurʼon, Islom nuridan bahramand boʻlolmagan odamlar. Ulamolarimizning taʼkidlashlaricha, quyidagi uch maqsad eʼtibori bilan keyingi oyatlar oʻsha munofiqlarga qaratilgandir:
1. Ularga yana bir bor eslatma berish. Shoyadki, eslatma bu safar foyda berib qolsa.
2. Nifoq bilan iymonning, munofiq bilan moʻminning farqini ochiq-oydin qilib qoʻyish.
3. Alloh taoloning oyatlari haqiqiy moʻmin-musulmonlar uchun hidoyat ekanini, nomi musulmon-u, oʻzi Islomdan uzoq boʻlganlar uchun emasligini taʼkidlab qoʻyish.