وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَعْمَـٰلُهُمْ كَسَرَابٍۭ بِقِيعَةٍ يَحْسَبُهُ ٱلظَّمْـَٔانُ مَآءً حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَهُۥ لَمْ يَجِدْهُ شَيْـًٔا وَوَجَدَ ٱللَّهَ عِندَهُۥ فَوَفَّىٰهُ حِسَابَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ سَرِيعُ ٱلْحِسَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga o`xshar. Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas. Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini to`liq qilur. Alloh o`ta tez hisob qilguvchidir.Куфр келтирганларнинг амаллари саҳродаги саробга ўхшар. Чанқоқ одам уни сув деб ҳисоблар. Қачонки, унинг олдига келса, ҳеч нарсани топмас. Ва у олдида Аллоҳни топур. Бас, У зот унинг ҳисобини тўлиқ қилур. Аллоҳ ўта тез ҳисоб қилгувчидир.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalarning qilgan amallari esa sahrodagi sarobga oʻxshaydi. Tashna odam uni suv deb oʻylar, toki qachon uning (yaʼni, qilgan amalining) oldida topur. Bas, U zot uning hisob-kitobini komil qilur. Alloh juda tez hisob-kitob qilguvchidir.Кофир бўлган кимсаларнинг қилган амаллари эса саҳродаги саробга ўхшайди. Ташна одам уни сув деб ўйлар, токи қачон унинг (яъни, қилган амалининг) олдида топур. Бас, У зот унинг ҳисоб-китобини комил қилур. Аллоҳ жуда тез ҳисоб-китоб қилгувчидир.
Ushbu oyati karimada Alloh taoloning nuridan mahrum boʻlgan kofir va munofiqlarning holi ajoyib uslub ila vasf etilmoqda. Oʻzlari chanqoq odamga, amallari esa, sahrodagi sarobga oʻxshatilmoqda.
«Kufr keltirganlarning amallari sahrodagi sarobga oʻxshar.»
Sahrodagi tashna odamga uzoqdagi sarob suv boʻlib koʻrinadi. Ana, suv topdim, maza qilib ichaman endi, deb xorib-tolib, qoqilibsurinib yetib borsa, hech narsa yoʻq boʻladi.
«Chanqoq odam uni suv deb hisoblar. Qachonki, uning oldiga kelsa, hech narsani topmas.»
Xuddi shuningdek, kofir va munofiqlar ham bu dunyoda oʻzlaricha, u qildim-bu qildim, deb amallarini sanab, yaxshi-yaxshi umidlar bilan oxirat tomon ketaveradilar. Qiyomat qoim boʻlib, «manzil»ga yetganlarida esa, hech narsa topmaydilar. Chunki, kufr va nifoq har qanday va har qancha amalni yoʻqqa chiqaradi, sarobga aylantiradi.
«Va u oldida Allohni topur. Bas, U zot uning hisobini toʻliq qilur.»
Kofirlar «Qilgan amalimizning savobini topamiz», deb borgan joylarida Allohni topadilar va Alloh ularni bekamu koʻst hisob-kitob qiladi. Zotan:
«Alloh oʻta tez hisob qilguvchidir».
Kelgusi oyatda esa, kufr keltirganlarning amallari boshqacharoq vasf bilan bayon qilinadi.
Ularning amallari: