QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят40

أَوْ كَظُلُمَـٰتٍ فِى بَحْرٍ لُّجِّىٍّ يَغْشَىٰهُ مَوْجٌ مِّن فَوْقِهِۦ مَوْجٌ مِّن فَوْقِهِۦ سَحَابٌ ۚ ظُلُمَـٰتٌۢ بَعْضُهَا فَوْقَ بَعْضٍ إِذَآ أَخْرَجَ يَدَهُۥ لَمْ يَكَدْ يَرَىٰهَا ۗ وَمَن لَّمْ يَجْعَلِ ٱللَّهُ لَهُۥ نُورًا فَمَا لَهُۥ مِن نُّورٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki xuddi qa'rsiz dengizdagi zulmatlarga o`xshar. Uning ustidan mavj qoplagandir, u(mavj)ning ham ustidan mavj va uni esa, bulut (qoplagandir). Bir-birining ustidagi zulmatlardir. U qo`lini chiqarsa, ko`ra olmas. Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur bo`lmas.Ёки худди қаърсиз денгиздаги зулматларга ўхшар. Унинг устидан мавж қоплагандир, у(мавж)нинг ҳам устидан мавж ва уни эса, булут (қоплагандир). Бир-бирининг устидаги зулматлардир. У қўлини чиқарса, кўра олмас. Кимгаки Аллоҳ нур бермаса, унинг учун нур бўлмас.Alauddin Mansour: Yoki (kofirlarning qilgan amallari) ustma-ust toʻlqin va uning ham ustida (qora) bulut qoplab olgan dengizdagi zulmatlarga oʻxshaydi. (Ular) ustma-ust zulmatlardir. U oʻz qoʻlini chiqarib (qarasa) koʻrishga yaqin boʻlmas. Kimga Alloh nuri (iymon) bermasa, bas, uning (uchun) hech qanday nur boʻlmas.Ёки (кофирларнинг қилган амаллари) устма-уст тўлқин ва унинг ҳам устида (қора) булут қоплаб олган денгиздаги зулматларга ўхшайди. (Улар) устма-уст зулматлардир. У ўз қўлини чиқариб (қараса) кўришга яқин бўлмас. Кимга Аллоҳ нури (иймон) бермаса, бас, унинг (учун) ҳеч қандай нур бўлмас.

355-sahifa · 18-juz · 36-hizb355-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَوْyokiёкиكَظُلُمَـٰتٍۢzulmatlarga oʻxshaydirзулматларга ўхшайдирفِى-dagi-дагиبَحْرٍۢdengizденгизلُّجِّىٍّۢqaʼrsizқаърсизيَغْشَىٰهُuni qoplagandirуни қоплагандирمَوْجٌۭmavjмавжمِّن-dan-данفَوْقِهِۦuning ustidanунинг устиданمَوْجٌۭmavjмавжمِّن-dan-данفَوْقِهِۦuning ustidanунинг устиданسَحَابٌۭ ۚbulutбулутظُلُمَـٰتٌۢzulmatlardirзулматлардирبَعْضُهَاbaʼzisiбаъзисиفَوْقَustidaустидаبَعْضٍbaʼzisiningбаъзисинингإِذَآqachonkiқачонкиأَخْرَجَchiqarsaчиқарсаيَدَهُۥqoʻliniқўлиниلَمْemasэмасيَكَدْdeyarliдеярлиيَرَىٰهَا ۗuni koʻra olmasуни кўра олмасوَمَنva kimgakiва кимгакиلَّمْemasэмасيَجْعَلِbermasaбермасаٱللَّهُAllohАллоҳلَهُۥungaунгаنُورًۭاnurнурفَمَاbas, yoʻqбас, йўқلَهُۥuning uchunунинг учунمِنhechҳечنُّورٍnurнур
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada ham Allohning nuridan mahrum boʻlgan kofir va munofiqlarning holati ajoyib uslub ila vasf qilinmoqda. Kofir va munofiqlar oʻz amallari bilan:

«...xuddi qaʼrsiz dengizdagi zulmatlarga oʻxshar».

Yaʼni, tubsiz dengiz ostidagi qorongʻu zulmatda qolgan odamga oʻxshaydi. U qorongʻulik faqat dengizning tubsizligidan emas, balki yana:

«Uning ustidan mavj qoplagandir».

Yaʼni, dengizni katta toʻlqin qoplab olgandir. Bu toʻlqin esa, zulmat ustiga zulmatdir. Ammo bu hali hammasi emas. Oʻsha qop- qora toʻlqinning –

«U(mavj)ning ham ustidan mavj» qoplagandir.

Ammo hali ham zulmat bitgani yoʻq. Toʻlqin ustidagi toʻlqinni –

«uni esa, bulut (qoplagandir)».

Demak, hammasining ustidan qop-qora bulut qoplab turibdi. Shunday qilib, bular:

«Bir-birining ustidagi zulmatlardir».

Bu zulmatlar ostida qolgan kofir va munofiq qanday qilib Allohning nurini koʻrsin. Holbuki:

«U qoʻlini chiqarsa, koʻra olmas».

U oʻz qoʻlini koʻra olmagandan keyin, Allohning nurini koʻra olmasligi turgan gap.

«Kimgaki Alloh nur bermasa, uning uchun nur boʻlmas.»

Chunki, Allohning nuridan boshqa nur yoʻqdir. Shuning uchun, Allohning nuridan mahrum boʻlgan kofir va munofiqlar qat-qat zulmatlar ostida qolgan kishi kabidirlar. Holbuki, ulardan bosh- qa barcha mavjudot bu zulmatlardan yiroqda nurga koʻmilib, Allohga ibodat qilib, tasbih aytmoqdalar: