أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يُسَبِّحُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱلطَّيْرُ صَـٰٓفَّـٰتٍ ۖ كُلٌّ قَدْ عَلِمَ صَلَاتَهُۥ وَتَسْبِيحَهُۥ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌۢ بِمَا يَفْعَلُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohga osmonlar va yerdagi bor jonzot va saf tortgan holidagi qushlar tasbih aytishini ham ko`rmaysanmi?! Har biri o`z duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir. Alloh nima amal qilishlarini o`ta bilguvchidir.Аллоҳга осмонлар ва ердаги бор жонзот ва саф тортган ҳолидаги қушлар тасбиҳ айтишини ҳам кўрмайсанми?! Ҳар бири ўз дуоси ва тасбиҳини, батаҳқиқ, билмишдир. Аллоҳ нима амал қилишларини ўта билгувчидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Allohga osmonlar va Yerdagi bor jonzot ham, (samoda) saf tortgan qushlar ham tasbeh aytib — poklashini koʻrmadingizmi? Aniqki, (Alloh) barchaning duo-yu tasbehini bilib turur. Alloh ularning qilayotgan (barcha) ishlarini bilguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Аллоҳга осмонлар ва Ердаги бор жонзот ҳам, (самода) саф тортган қушлар ҳам тасбеҳ айтиб — поклашини кўрмадингизми? Аниқки, (Аллоҳ) барчанинг дуо-ю тасбеҳини билиб турур. Аллоҳ уларнинг қилаётган (барча) ишларини билгувчидир.
Ushbu oyati karimada insonga oʻzining atrofidagi borliqqa, boshqa jonzotlarga eʼtibor bilan qarashga daʼvat bor. Agar inson qalb koʻzini ochib, atrofiga eʼtibor bilan nazar tashlasa, borliqdagi hamma narsa, barcha jonzotlar Allohga tasbih aytayotganini koʻradi. Jumladan, osmonda saf tortib uchib borayotgan qushlarning qanot qoqishi ham Allohga tasbih aytishidir. Borliqdagi barcha jonzotning:
«Har biri oʻz duosi va tasbihini, batahqiq, bilmishdir».
Faqat insongina bilmaydi. Kofir insonlar Allohga duo qilish va tasbih aytishdan boshqa ishlar bilan mashgʻuldirlar. Holbuki:
«Alloh nima amal qilishlarini oʻta bilguvchidir».
Kofir va munofiqlar bilib qoʻysinlarki: