يُقَلِّبُ ٱللَّهُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِّأُو۟لِى ٱلْأَبْصَـٰرِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta, bunda ko`zi ochiqlar uchun ibrat bordir.Аллоҳ кеча ва кундузни айлантириб турур. Албатта, бунда кўзи очиқлар учун ибрат бордир.Alauddin Mansour: Alloh kecha va kunduzni aylantirib turur. Albatta bunda dil egalari uchun ibrat bordir.Аллоҳ кеча ва кундузни айлантириб турур. Албатта бунда дил эгалари учун ибрат бордир.
Kechayu kunduzning aylanib-almashib turishi ham Allohning biru borligiga yorqin dalildir. Bu ishni Allohdan boshqa hech kim qila olmaydi.
«Albatta, bunda koʻzi borlar uchun ibrat bordir.»
Kimning qalb koʻzi ochiq boʻlsa, buni koʻrib, ibrat oladi va Allohga iymon keltirib, ibodat qiladi.