QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят45

وَٱللَّهُ خَلَقَ كُلَّ دَآبَّةٍ مِّن مَّآءٍ ۖ فَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ بَطْنِهِۦ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰ رِجْلَيْنِ وَمِنْهُم مَّن يَمْشِى عَلَىٰٓ أَرْبَعٍ ۚ يَخْلُقُ ٱللَّهُ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi. Bas, ulardan ba'zilari qorni bilan yuradir, ba'zilari ikki oyoq bilan yuradir va ba'zilari to`rt (oyoq) bilan. Alloh O`zi xohlagan narsani yaratur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.Аллоҳ ҳамма жониворни сувдан яратди. Бас, улардан баъзилари қорни билан юрадир, баъзилари икки оёқ билан юрадир ва баъзилари тўрт (оёқ) билан. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган нарсани яратур. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсага қодирдир.Alauddin Mansour: Alloh barcha jonivorni suvdan yaratdi. Ulardan qorni bilan (sudralib) yuradiganlari ham bor, ikki oyoqda yuradiganlari ham bor, toʻrt (oyokda) yuradiganlari ham bordir. Alloh Oʻzi xohlagan narsani yaratur. Albatta Alloh barcha narsaga qodirdir.Аллоҳ барча жониворни сувдан яратди. Улардан қорни билан (судралиб) юрадиганлари ҳам бор, икки оёқда юрадиганлари ҳам бор, тўрт (оёкда) юрадиганлари ҳам бордир. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган нарсани яратур. Албатта Аллоҳ барча нарсага қодирдир.

356-sahifa · 18-juz · 36-hizb356-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱللَّهُva Allohва Аллоҳخَلَقَyaratdiяратдиكُلَّhammaҳаммаدَآبَّةٍۢjonivorniжониворниمِّن-dan-данمَّآءٍۢ ۖsuvdanсувданفَمِنْهُمbas, ulardan baʼzilariбас, улардан баъзилариمَّنshundaykiшундайкиيَمْشِىyuradirюрадирعَلَىٰbilanбиланبَطْنِهِۦqorniқорниوَمِنْهُمva ulardan baʼzilariва улардан баъзилариمَّنshundaykiшундайкиيَمْشِىyuradirюрадирعَلَىٰbilanбиланرِجْلَيْنِikki oyoqикки оёқوَمِنْهُمva ulardan baʼzilariва улардан баъзилариمَّنshundaykiшундайкиيَمْشِىyuradirюрадирعَلَىٰٓbilanбиланأَرْبَعٍۢ ۚtoʻrt (oyoq)тўрт (оёқ)يَخْلُقُyaraturяратурٱللَّهُAllohАллоҳمَاnarsaniнарсаниيَشَآءُ ۚOʻzi xohlaganЎзи хоҳлаганإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَلَىٰ-ga-гаكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍۢnarsagaнарсагаقَدِيرٌۭqodirdirқодирдир
TafsirТафсир

Oʻtgan oyatlarda bulutlarning haydalishi, ulardan yomgʻir yogʻishi, togʻ kabi yuksaklaridan doʻl tushib, kimlargadir musiybat yetkazishi, kimlarnidir chetlab oʻtishi, chaqmoq chaqishi va kechayu kunduzning almashinishi kabi, Allohning biru borligiga, cheksiz qudratiga dalolat qiluvchi tabiat hodisalariga diqqat qaratilgandan soʻng, endi kishilarning eʼtibori yer yuzidagi jonivorlarga tortilmoqda:

«Alloh hamma jonivorni suvdan yaratdi».

Bu Qurʼoniy haqiqat. Boshqalar nima deyishining ahamiyati yoʻq. Chunki hamma, kim boʻlishidan qatʼinazar, taxmin bilan gapiradi. Alloh esa, doimo haqni soʻzlaydi. Qurʼonda «Alloh hamma jonivorlarni suvdan yaratdi», deyilganmi, demak shunday. Allohdan boshqa barcha birlashib, suv va undan boshqa hamma vositayu ashyolarni ishga solganda ham, birorta jonivorni yarata olmagan, yarata olmaydi ham. Eng arzimas sanalganlarini ham Allohdan boshqa hech qanday zot yarata olmagan. Dunyodagi sanogʻiga yetib boʻlmaydigan jonzotlarning har biri Alloh taoloning biru borligiga yorqin dalildir. Buning ustiga, ularning turli-tumanligini aytmaysizmi?

«Bas, ulardan baʼzilari qorni bilan yuradir...»

Ularni qorni bilan yuradigan qilib yaratgan zot–Alloh. U zotdan boshqa kim bunaqa jonzotni yarata oladi?!

«...baʼzilari ikki oyoq bilan yuradir va baʼzilari toʻrt (oyoq) bilan.»

Ularni ham Alloh shu qobiliyat bilan yaratgan. U zotdan boshqa kim ikki yoki toʻrt oyoq bilan yuradigan jonivorlarni yarata oladi?!

«Alloh Oʻzi xohlagan narsani yaratur.»

Uning xohishini cheklaydigan zot yoʻq. Xohlagan shaklda, xohlagan sifatda, xohlagan siyratda yarataveradi.

«Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.»

Uning qudrati cheksizdir.

Shuning uchun ham, u zotga iymon keltirib, ibodat qilmoq shart. Lekin baʼzi odamlar shuncha hikmatlarni koʻrib-bilib turib, munofiqlik qiladilar.