لَّقَدْ أَنزَلْنَآ ءَايَـٰتٍ مُّبَيِّنَـٰتٍ ۚ وَٱللَّهُ يَهْدِى مَن يَشَآءُ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Biz ochiq-oydin bayon qilguvchi oyatlarni tushirdik. Alloh O`zi xohlagan kimsani to`g`ri yo`lga hidoyat qiladir.Батаҳқиқ, Биз очиқ-ойдин баён қилгувчи оятларни туширдик. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кимсани тўғри йўлга ҳидоят қиладир.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz ochiq-ravshan oyatlarni nozil qildik. Alloh Oʻzi xohlagan kishilarni Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilur.Дарҳақиқат, Биз очиқ-равшан оятларни нозил қилдик. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишиларни Тўғри Йўлга ҳидоят қилур.
Alloh nozil etgan oyatlar hamma narsani ochiq-oydin bayon qilib beradi. Ular Allohning nurini ham, kufrning zulmatini ham, yaxshi- yomonni ham, pok-nopokni ham, hamma-hamma narsani bayon qilib beradi.
«Alloh Oʻzi xohlagan kimsani toʻgʻri yoʻlga hidoyat qiladir.»
Allohning xohishining cheki yoʻqdir. Allohning Oʻzi hidoyatni xohlab, unga intilgan odamga hidoyat nurini ato etmoqni joriy etib qoʻygan. Kim iymon uchun harakat qilsa, Alloh uni noumid qoʻymaydi. Ammo baʼzi odamlar boshqacha yoʻl tutadilar.