وَيَقُولُونَ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ وَبِٱلرَّسُولِ وَأَطَعْنَا ثُمَّ يَتَوَلَّىٰ فَرِيقٌ مِّنْهُم مِّنۢ بَعْدِ ذَٰلِكَ ۚ وَمَآ أُو۟لَـٰٓئِكَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Allohga va Payg`ambarga iymon keltirdik va itoat qildik», derlar. So`ngra ulardan bir guruhi yuz o`girib keturlar. Ana o`shalar mo`min emaslar.Улар: «Аллоҳга ва Пайғамбарга иймон келтирдик ва итоат қилдик», дерлар. Сўнгра улардан бир гуруҳи юз ўгириб кетурлар. Ана ўшалар мўмин эмаслар.Alauddin Mansour: Ular (yaʼni, munofiqlar): «Allohga va paygʻambarga iymon keltirdik va boʻyinsundik», deydilar-u, shundan keyin ulardan boʻlgan bir guruh yuz oʻgirib ketur. Ular moʻmin emasdirlar.Улар (яъни, мунофиқлар): «Аллоҳга ва пайғамбарга иймон келтирдик ва бўйинсундик», дейдилар-у, шундан кейин улардан бўлган бир гуруҳ юз ўгириб кетур. Улар мўмин эмасдирлар.
Ular bir guruh munofiqlardir. Ular tillari bilan:
«Allohga va Paygʻambarga iymon keltirdik va itoat qildik», deydilar.
Lekin iymonga amalni qoʻshmaydilar. Iymonli ekanliklari haqida safsata sotsalar ham, hayotda iymon taqozosi ila amal qilmay, Islom shariatiga yurishni istamay, boshqa qonun-qoidalar asosida yashashga urinadilar. Ogʻizlarida moʻminlik daʼvosini qilsalar ham, Allohga va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga iymonlari borligini aytsalar ham, ularga itoat etishlari haqida ogʻiz koʻpirtirib soʻzlasalar ham, soʻzlariga zarracha amal qilmaydilar. Ularga, ayniqsa, «Nur» surasi oʻqilganda yuraklari siqilib ketadi. Chunki, bu sura ularga zinoni, ochiq-sochiqlikni, axloqiy buzuqlik boʻlmish havoyi nafsning xohishlarini man qilib, odob- axloq doirasida halol-pok yashashni taklif etadi.
«Soʻngra ulardan bir guruhi yuz oʻgirib keturlar.»
Tillari bilan aytgan gaplariga amal qilish kerak boʻlganda yuz oʻgirib, boshqa tomonga qarab ketadilar.
«Ana oʻshalar moʻmin emaslar.»
Iymon taqozo etgan amallarni bajarmagan odam qanday qilib moʻmin boʻla oladi?! Islom dini undaylardan voz kechadi. Ogʻzida gapirib, amal qilmaydigan odam hech qachon moʻmin-musulmon boʻla olmaydi. Unday odamlar ogʻizlarida moʻmin-musulmonlik daʼvosini qilsalar ham, Alloh va Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning hukmi boʻyicha ish yuritishdan bosh tortadilar.