وَإِذَا دُعُوٓا۟ إِلَى ٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ لِيَحْكُمَ بَيْنَهُمْ إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُم مُّعْرِضُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularni qachonki Allohga va Uning Payg`ambariga oralarida hukm chiqarish uchun chorlansa, banogoh, ulardan bir guruhi yuz o`girguvchilardir.Уларни қачонки Аллоҳга ва Унинг Пайғамбарига ораларида ҳукм чиқариш учун чорланса, баногоҳ, улардан бир гуруҳи юз ўгиргувчилардир.Alauddin Mansour: Qachon ular Alloh va Uning paygʻambariga oʻrtalarida hukm chiqarish uchun chorlansalar, banogoh ulardan bir guruhi (paygʻambar huzuriga kelishdan) yuz oʻgirguvchidir.Қачон улар Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига ўрталарида ҳукм чиқариш учун чорлансалар, баногоҳ улардан бир гуруҳи (пайғамбар ҳузурига келишдан) юз ўгиргувчидир.
Ular oralarida Allohning amri ila, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning sunnatlari ila hukm yuritilishini zinhor xohlamaydilar. Ular ogʻizlari bilan iymon va Islom daʼvosini qilsalar ham, Alloh taoloning va Uning Paygʻambarining hukmi asosida emas, boshqa hukm ostida yashash va ish yuritishni istaydilar. Shunday ekan, ular qandoq qilib moʻmin-musulmon boʻla olsinlar?!
Ana oʻshalarga zehn solib qaralsa, koʻplari Alloh farz qilgan amallarni qilmaydilar, masjidga qadam ham bosmaydilar, ogʻizlarida esa, moʻmin-musulmonlik daʼvosini qilaveradilar. Buning ustiga, bir boʻlib olib, Islomga qarshi ish yuritadilar. Ogʻizlarida iymonlari, musulmon ekanliklari haqida gapiradilar-u, Islom hukmi yuzaga chiqmasligi uchun barcha choralarni qoʻllab turadilar.
Unday odamlarni chorlab, modomiki siz moʻmin-musulmon ekansiz, keling, oramizda Allohning va Uning Paygʻambarining hukmi yuritilsin, deyilsa:
«...banogoh, ulardan bir guruhi yuz oʻgirguvchilardir».
Ular yer yuzida Allohning qonunlari hukm surishini xohlamaydilar. Ular yer yuzida Allohning Paygʻambari sunnatiga amal qilinishini ham xohlamaydilar. Yana qanday qilib moʻmin-musulmon boʻlsinlar?!
Ammo Allohning va Paygʻambarining hukmiga chorlanganlarida yuz oʻgirib ketgan boʻlishlariga qaramasdan: