أَلَآ إِنَّ لِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قَدْ يَعْلَمُ مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ وَيَوْمَ يُرْجَعُونَ إِلَيْهِ فَيُنَبِّئُهُم بِمَا عَمِلُوا۟ ۗ وَٱللَّهُ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ogoh bo`linglar! Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur. Uning O`ziga qaytariladigan kunda esa, qilgan amallari haqida ularga xabar berur. Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir.Огоҳ бўлинглар! Албатта, осмонлару ердаги нарсалар Аллоҳникидир. У зот сизнинг қай ҳолатда эканингизни яхши билур. Унинг Ўзига қайтариладиган кунда эса, қилган амаллари ҳақида уларга хабар берур. Аллоҳ ҳар бир нарсани ўта билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Ogoh boʻlingizkim, osmonlar va Yerdagi bor narsalar shak-shubhasiz, Allohnikidir. U zot sizlar ustida turgan narsani (yaʼni, moʻmin yo munofiqligingizni) ham, (barcha bandalar) Oʻziga qaytariladigan (Qiyomat) kunini ham yaxshi bilur, bas, ularga (oʻsha kunda) qilib oʻtgan amallarining xabarini berur. Alloh barcha narsani bilguvchidir.Огоҳ бўлингизким, осмонлар ва Ердаги бор нарсалар шак-шубҳасиз, Аллоҳникидир. У зот сизлар устида турган нарсани (яъни, мўмин ё мунофиқлигингизни) ҳам, (барча бандалар) Ўзига қайтариладиган (Қиёмат) кунини ҳам яхши билур, бас, уларга (ўша кунда) қилиб ўтган амалларининг хабарини берур. Аллоҳ барча нарсани билгувчидир.
Yaʼni, ey odamlar, ogoh boʻling! Allohning va Uning Paygʻambarining amridan chiqmang. Agar chiqadigan boʻlsangiz: «Albatta, osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir». Hamma narsaning egasi boʻlgan Zot hamma narsani koʻrib-bilib turadi. Shu jumladan, siz qilayotgan ishlarni ham oshkoriyu maxfiyini koʻrib-bilib turadi. Ha: «U zot sizning qay holatda ekaningizni yaxshi bilur». Hamma narsani hisob-kitob qilib boradi va: «Uning Oʻziga qaytariladigan kunda esa...» Yaʼni, odamlar Allohning Oʻziga qaytariladigan qiyomat kunida: «...qilgan amallari haqida ularga xabar berur». Nima ish qilgan boʻlsalar, koʻrsatib turib, oʻshanga yarasha mukofot yoki jazo beradi. «Alloh har bir narsani oʻta bilguvchi zotdir.» U zotning bilmagan narsasi yoʻq. Shuning uchun, har bir banda vaqt borida oʻzini oʻnglab, iymon va ixlos ila Allohga qullik qilib yashamogʻi lozim.