QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят63

لَّا تَجْعَلُوا۟ دُعَآءَ ٱلرَّسُولِ بَيْنَكُمْ كَدُعَآءِ بَعْضِكُم بَعْضًا ۚ قَدْ يَعْلَمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ يَتَسَلَّلُونَ مِنكُمْ لِوَاذًا ۚ فَلْيَحْذَرِ ٱلَّذِينَ يُخَالِفُونَ عَنْ أَمْرِهِۦٓ أَن تُصِيبَهُمْ فِتْنَةٌ أَوْ يُصِيبَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Payg`ambarning orangizdagi da'vatini bir-biringizning da'vatingizga o`xshatmang. Batahqiq, sizlardan panalab, asta-asta sug`urilib chiqib ketadiganlarni Alloh yaxshi bilur. Uning ishiga xilof qiladiganlar o`zlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir bo`lsinlar.Пайғамбарнинг орангиздаги даъватини бир-бирингизнинг даъватингизга ўхшатманг. Батаҳқиқ, сизлардан паналаб, аста-аста суғурилиб чиқиб кетадиганларни Аллоҳ яхши билур. Унинг ишига хилоф қиладиганлар ўзларига фитна етиши ёки аламли азоб етишидан ҳазир бўлсинлар.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), paygʻambarni chaqirishni oʻrtalaringizda bir-birlaringizni chaqirish kabi qilmangizlar (yaʼni, u zotni hurmat-ehtirom bilan «Ey Allohning paygʻambari», deb chaqiringlar). Sizlardan berkingan hollarda (paygʻambar huzuridan) sugʻurilib chiqib ketadigan kimsalarni Alloh yaxshi bilur. (Paygʻambarning) amriga xilof ish qiladigan kimsalar oʻzlariga biron fitna-kulfat yetib qolishdan yoki alamli azob yetib qolishidan hazir boʻlsinlar!(Эй мўминлар), пайғамбарни чақиришни ўрталарингизда бир-бирларингизни чақириш каби қилмангизлар (яъни, у зотни ҳурмат-эҳтиром билан «Эй Аллоҳнинг пайғамбари», деб чақиринглар). Сизлардан беркинган ҳолларда (пайғамбар ҳузуридан) суғурилиб чиқиб кетадиган кимсаларни Аллоҳ яхши билур. (Пайғамбарнинг) амрига хилоф иш қиладиган кимсалар ўзларига бирон фитна-кулфат етиб қолишдан ёки аламли азоб етиб қолишидан ҳазир бўлсинлар!

359-sahifa · 18-juz · 36-hizb359-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّاemasэмасتَجْعَلُوا۟qilmanglar (oʻxshatmanglar)қилманглар (ўхшатманглар)دُعَآءَdaʼvatiniдаъватиниٱلرَّسُولِPaygʻambarningПайғамбарнингبَيْنَكُمْorangizdagiорангиздагиكَدُعَآءِdaʼvatiga oʻxshatibдаъватига ўхшатибبَعْضِكُمbir-biringizningбир-бирингизнингبَعْضًۭا ۚboshqasigaбошқасигаقَدْbatahqiqбатаҳқиқيَعْلَمُyaxshi biladirяхши биладирٱللَّهُAllohАллоҳٱلَّذِينَkimlarniкимларниيَتَسَلَّلُونَasta-asta sugʻirilib chiqib ketadiganlarniаста-аста суғирилиб чиқиб кетадиганларниمِنكُمْsizlardanсизларданلِوَاذًۭا ۚpanalabпаналабفَلْيَحْذَرِbas, hazir boʻlsinlarбас, ҳазир бўлсинларٱلَّذِينَkimlarкимларيُخَالِفُونَxilof qiladiganlarхилоф қиладиганларعَنْ-ga-гаأَمْرِهِۦٓuning ishigaунинг ишигаأَن-dan-данتُصِيبَهُمْularga yetishiуларга етишиفِتْنَةٌfitnaфитнаأَوْyokiёкиيُصِيبَهُمْularga yetishiуларга етишиعَذَابٌazobазобأَلِيمٌalamliаламли
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning birinchi jumlasi haqida ulamolar uch xil fikr aytganlar. Uchala fikr ham bir-birini toʻldirib keladi.

Ey moʻminlar,

«Paygʻambarning orangizdagi daʼvatini bir-biringizning daʼvatingizga oʻxshatmang».

Birinchi fikrga binoan, Paygʻambarni chaqirishda, bir-biringizni chaqirishingizdagi lafzlarni qoʻllamang, degani.

Chunki, oʻsha vaqtda baʼzi odamlar u zot sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Muhammad! Ey, Abul Qosim» deb xuddi oʻz tengqurini chaqirgandek muomala qilar edilar. Bu oyatdan keyin esa, «Ey, Allohning Rasuli! Ey, Allohning Nabiyi!» deb murojaat qiladigan boʻldilar.

Ikkinchi fikrga koʻra, Paygʻambarning chaqirigʻini, buyrugʻini boshqalarning chaqirigʻi kabi oddiy qabul qilmang, balki alohida ahamiyat va eʼtibor bilan qabul qiling, deganidir.

Uchinchi fikrga koʻra esa, Paygʻambarning duosini, boshqalarning duosiga oʻxshatmang, deganidir. Ul zotning duosi, albatta, qabul boʻlishi muqarrardir.

«Batahqiq, Alloh sizlardan panalab, asta-asta sugʻurilib chiqib ketadiganlarni yaxshi bilur.»

Moʻmin-musulmonlarga yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga koʻrinmaslikka harakat qilib, panalab chiqqanlari bilan, Alloh taolo ularning hamma ishlarini koʻrib-bilib turadi.

«Uning ishiga xilof qiladiganlar oʻzlariga fitna yetishi yoki alamli azob yetishidan hazir boʻlsinlar.»

Yaʼni, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning ishlariga xilof qilganlarga, albatta, fitna-sinov yoki alamli azob yetishi turgan gapdir. Hamma ish Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning shariatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Bunga xilof boʻlgan ish esa, marduddir.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: «Bizning amrimiz boʻlmagan ishni qilgan odamning ishi marduddir», deganlar.