QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nur surasi · Oyatсураси · Оят62

إِنَّمَا ٱلْمُؤْمِنُونَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ وَإِذَا كَانُوا۟ مَعَهُۥ عَلَىٰٓ أَمْرٍ جَامِعٍ لَّمْ يَذْهَبُوا۟ حَتَّىٰ يَسْتَـْٔذِنُوهُ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَسْتَـْٔذِنُونَكَ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِۦ ۚ فَإِذَا ٱسْتَـْٔذَنُوكَ لِبَعْضِ شَأْنِهِمْ فَأْذَن لِّمَن شِئْتَ مِنْهُمْ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُمُ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, mo`minlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u(Payg`ambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda bo`lsalar, undan izn so`ramasdan turib ketib qolmaslar. Albatta, sendan izn so`raydiganlar, ana o`shalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular ba'zi ishlari uchun sendan izn so`rasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istig`for ayt. Albatta, Alloh o`ta mag`firatli, o`ta rahimli Zotdir.Албатта, мўминлар Аллоҳга ва Унинг Расулига иймон келтирган кишилардир. Улар у(Пайғамбар) билан бирга жамловчи (муҳим) ишда бўлсалар, ундан изн сўрамасдан туриб кетиб қолмаслар. Албатта, сендан изн сўрайдиганлар, ана ўшалар Аллоҳга ва Унинг Расулига иймон келтирадиганлардир. Улар баъзи ишлари учун сендан изн сўрасалар, улардан кимга хоҳласанг, изн бер ва улар учун Аллоҳга истиғфор айт. Албатта, Аллоҳ ўта мағфиратли, ўта раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta moʻminlar faqat Allohga va Uning paygʻambariga iymon keltirgan zotlardir. Ular (paygʻambar) bilan biron muhim ish ustida boʻlgan vaqtlarida, to undan izn soʻramagunlaricha ketmaslar. Faqat sizdan izn soʻraydigan zotlar – ana oʻshalar Alloh va Uning paygʻambariga iymon keltiradigan zotlardir. Endi qachon ular sizdan baʼzi bir ishlari uchun izn soʻrasalar, bas, ulardan oʻzingiz xohlagan kishilarga izn bering va Allohdan ularni magʻfirat qilishini soʻrang. Albatta Alloh magʻfiratli, mehribondir.Албатта мўминлар фақат Аллоҳга ва Унинг пайғамбарига иймон келтирган зотлардир. Улар (пайғамбар) билан бирон муҳим иш устида бўлган вақтларида, то ундан изн сўрамагунларича кетмаслар. Фақат сиздан изн сўрайдиган зотлар – ана ўшалар Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига иймон келтирадиган зотлардир. Энди қачон улар сиздан баъзи бир ишлари учун изн сўрасалар, бас, улардан ўзингиз хоҳлаган кишиларга изн беринг ва Аллоҳдан уларни мағфират қилишини сўранг. Албатта Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

359-sahifa · 18-juz · 36-hizb359-саҳифа · 18-жуз · 36-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlarмўминларٱلَّذِينَu kishilardirу кишилардирءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаوَإِذَاva qachonkiва қачонкиكَانُوا۟boʻlsalarбўлсаларمَعَهُۥu bilan birgaу билан биргаعَلَىٰٓ-da-даأَمْرٍۢishdaишдаجَامِعٍۢjamlovchi (muhim)жамловчи (муҳим)لَّمْemasэмасيَذْهَبُوا۟ketib qolmaslarкетиб қолмасларحَتَّىٰtokiтокиيَسْتَـْٔذِنُوهُ ۚundan izn soʻramagunlarichaундан изн сўрамагунларичаإِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَkimlarкимларيَسْتَـْٔذِنُونَكَsendan izn soʻraydiganlarсендан изн сўрайдиганларأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَoʻsha kishilardirўша кишилардирيُؤْمِنُونَiymon keltiradiganиймон келтирадиганبِٱللَّهِAllohgaАллоҳгаوَرَسُولِهِۦ ۚva Uning Rasuligaва Унинг Расулигаفَإِذَاbas, qachonkiбас, қачонкиٱسْتَـْٔذَنُوكَsendan izn soʻrasalarсендан изн сўрасаларلِبَعْضِbaʼzisi uchunбаъзиси учунشَأْنِهِمْishlariишлариفَأْذَنbas, izn berбас, изн берلِّمَنkimgaкимгаشِئْتَxohlasangхоҳласангمِنْهُمْulardanуларданوَٱسْتَغْفِرْva istigʻfor aytва истиғфор айтلَهُمُular uchunулар учунٱللَّهَ ۚAllohgaАллоҳгаإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳغَفُورٌۭoʻta magʻfiratliўта мағфиратлиرَّحِيمٌۭoʻta rahmli zotdirўта раҳмли зотдир
TafsirТафсир

Ushbu oyatda ham Alloh taolo moʻmin-musulmonlarni yuksak odobga irshod etmoqda. Avval bir joyga kirishdan oldin izn soʻrashga amr qilgan boʻlsa, endi, odamlar jamlangan joydan ketishdan oldin ham izn soʻrash lozimligini taʼkidlamoqda.

«Albatta, moʻminlar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirgan kishilardir. Ular u(Paygʻambar) bilan birga jamlovchi (muhim) ishda boʻlsalar, undan izn soʻramasdan turib ketib qolmaslar.»

Xususan, ish ustida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boʻlsalar va u ish musulmonlar ommasiga tegishli muhim ish boʻlsa, alohida eʼtibor berish lozim sanaladi. Bunday ishlarga «jamoatchilik ishlari» ham deyiladi.

Ibn Ishoq rivoyat qilishlaricha, ushbu oyatlar nozil boʻlishiga Xandaq urushiga tayyorgarlik koʻrish paytidagi hodisalar sabab boʻlgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam turli guruhlarning birlashib, bostirib kelayotganini eshitganlaridan soʻng musulmonlarni toʻplab, Salmoni Forsiy maslahatlari bilan Madiynai Munavvara atrofiga xandaq qazishni boshladilar. Bunday oʻta qaltis paytda hamma zoʻr ixlos bilan ishladi. Ammo bu ishda munofiqlar dangasalik qildilar. Ular asta-sekin berkinib, uylariga qochib keta boshladilar. Ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan yashirincha, bir ogʻiz izn soʻramasdan joʻnab qoldilar.

Ammo ixlosli moʻmin-musulmonlar biror ishlari chiqib qolsa, albatta, Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamga uzrlarini aytib, izn soʻrar edilar. Ishlarini bitirib boʻlgandan keyin esa, darhol, ish joylariga qaytib kelar edilar.

«Albatta, sendan izn soʻraydiganlar, ana oʻshalar Allohga va Uning Rasuliga iymon keltiradiganlardir. Ular baʼzi ishlari uchun sendan izn soʻrasalar, ulardan kimga xohlasang, izn ber va ular uchun Allohga istigʻfor ayt.»

Moʻmin-musulmonlar boshqa holatlarda ham xuddi shunday qilar edilar. Hatto juma xutbasi oʻqilayotganda ham Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdan ishorat bilan tashqariga chiqib kelishga izn soʻrar edilar. Ul zot sollallohu alayhi vasallam ham ishora bilan izn berar edilar.

Islom jamiyatida doimo shunday boʻlishi kerak. Jamoat ishlaridan faqat boshliqning izni bilangina ketish mumkin. Hojatini ravo qilganidan keyin esa, darhol qaytib, yana ishini davom ettirish lozim.

«Albatta, Alloh oʻta magʻfiratli, oʻta rahimli zotdir.»

Kelasi oyati karimada ham Paygʻambar alayhissalom bilan boʻladigan munosabatlar haqida bahs yuritiladi.