QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Furqan surasi · Oyatсураси · Оят40

وَلَقَدْ أَتَوْا۟ عَلَى ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِىٓ أُمْطِرَتْ مَطَرَ ٱلسَّوْءِ ۚ أَفَلَمْ يَكُونُوا۟ يَرَوْنَهَا ۚ بَلْ كَانُوا۟ لَا يَرْجُونَ نُشُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, ular yomonlik yomg`iri yog`dirilgan shaharga kelgan edilar. Uni ko`rmagan edilarmi?! Yo`q! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar.Батаҳқиқ, улар ёмонлик ёмғири ёғдирилган шаҳарга келган эдилар. Уни кўрмаган эдиларми?! Йўқ! Улар қайта тирилишдан умидсиз эдилар.Alauddin Mansour: Aniqki, ular (yaʼni, Makka mushriklari oʻzlarining safar-sayohatlarida) eng yomon yomgʻir (yaʼni, tosh) yogʻdirilgan shahardan oʻtgandirlar. (Axir ular uni koʻrib ibrat olmadilarmi)?! Yoʻq, ular qayta tirilishdan umidsiz boʻlgan kimsalardir.Аниқки, улар (яъни, Макка мушриклари ўзларининг сафар-саёҳатларида) энг ёмон ёмғир (яъни, тош) ёғдирилган шаҳардан ўтгандирлар. (Ахир улар уни кўриб ибрат олмадиларми)?! Йўқ, улар қайта тирилишдан умидсиз бўлган кимсалардир.

363-sahifa · 19-juz · 37-hizb363-саҳифа · 19-жуз · 37-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَقَدْva batahqiqва батаҳқиқأَتَوْا۟kelgan edilarкелган эдиларعَلَىustigaустигаٱلْقَرْيَةِshahargaшаҳаргаٱلَّتِىٓki, uки, уأُمْطِرَتْyogʻdirilganёғдирилганمَطَرَyomgʻiriёмғириٱلسَّوْءِ ۚyomonlikёмонликأَفَلَمْaxir emasmiахир эмасмиيَكُونُوا۟ular ediулар эдиيَرَوْنَهَا ۚuni koʻrarуни кўрарبَلْyoʻq!йўқ!كَانُوا۟ular edilarулар эдиларلَاemasэмасيَرْجُونَumid qiladiganумид қиладиганنُشُورًۭاqayta tirilishdanқайта тирилишдан
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi «yomonlik yomgʻiri yogʻdirilgan shahar»dan murod Lut alayhissalom qavmi yashagan shahardir. Maʼlumki, bu shaharni Alloh taolo tosh yogʻdirib halok qilgandir. Oyatdagi «Ular»dan murod esa, Makka kofirlari. Ular Shomga qilgan safarlarida Lut alayhissalom qavmi shahri xarobalari yonidan oʻtar edilar. Agar ularda insof boʻlganida, zarracha tafakkur boʻlganida, koʻrganlaridan ibrat olardilar. Lut alayhissalom qavmining xatosini takrorlab, oʻzlariga kelgan Paygʻambarga qarshi chiqmasdilar. Shuning uchun ham, oyatda:

«Batahqiq, ular yomonlik yomgʻiri yogʻdirilgan shaharga kelgan edilar», deb u shaharga borganlarini taʼkidlash bilan birga,

«Uni koʻrmagan edilarmi?!» deb inkoriy savol ham berilmoqda. Albatta, ular u shaharni oʻz koʻzlari bilan koʻrgan edilar. Ammo qalb koʻzlari koʻrmagan edi. Zohiriy koʻzlari koʻrgani bilan, ibrat olishmagan edi. Hozirgi kungi sayohatchilarga oʻxshab, oʻtganlarning asarlarini koʻrib qoʻyib, ha, shunday boʻlgan ekan, deya yana eski holatlarida davom etgan edilar. Ular nima uchun shunday qildilar? Yoki mazkur xarobalardan ibrat olib boʻlmasmidi?

«Yoʻq! Ular qayta tirilishdan umidsiz edilar.»

Hamma balo shunda. Qiyomatdan va undagi qayta tirilishdan umidi yoʻq, unga ishonmaydigan odamning qalbi ishdan chiqadi, u ibratli narsalarni koʻrganda ham ibrat olmaydigan darajaga yetib qoladi. Shuning uchun ham, yaʼni, qalblari ishdan chiqqan boʻlganlari uchun ham: