وَكُلًّا ضَرَبْنَا لَهُ ٱلْأَمْثَـٰلَ ۖ وَكُلًّا تَبَّرْنَا تَتْبِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan har biriga misollar keltirdik. Va ularni qirib bitirdik.Улардан ҳар бирига мисоллар келтирдик. Ва уларни қириб битирдик.Alauddin Mansour: Barchalariga misollar — dalillar keltirdik va (Bizning pand-nasihatlarimiz kor qilmagach), barchalarini butunlay yoʻq qilib yubordik.Барчаларига мисоллар — далиллар келтирдик ва (Бизнинг панд-насиҳатларимиз кор қилмагач), барчаларини бутунлай йўқ қилиб юбордик.
Yaʼni, oʻsha oʻtmish asrlardagi barcha jinoyatchi qavmlarning har biriga oʻrnak boʻlsin uchun misollar keltirdik. Ular ibrat olmadilar, oʻzlarini oʻnglamadilar. Shundan soʻng:
«...ularni qirib bitirdik».
Endi hozirgi kofirlarga misollar keltirilmoqda, ular ibrat olsinlar, boʻlmasa, oʻtganlarning boshiga tushgan balo-ofatlar bularning boshiga ham tushishi mumkin, deb ishora qilinmoqda.