وَعَادًا وَثَمُودَا۟ وَأَصْحَـٰبَ ٱلرَّسِّ وَقُرُونًۢا بَيْنَ ذَٰلِكَ كَثِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Od, Samud va quduq egalarini hamda bu oradagi asrlarni esla.Од, Самуд ва қудуқ эгаларини ҳамда бу орадаги асрларни эсла.Alauddin Mansour: Od, Samud (qabilalarini) va quduq egalarini (yaʼni, Shuayb paygʻambarni yolgʻonchi qilganlari sababli quduqqa qulab halok boʻlgan kimsalarni) hamda shu oradagi koʻpdan-koʻp asrlarni (eslang)!Од, Самуд (қабилаларини) ва қудуқ эгаларини (яъни, Шуайб пайғамбарни ёлғончи қилганлари сабабли қудуққа қулаб ҳалок бўлган кимсаларни) ҳамда шу орадаги кўпдан-кўп асрларни (эсланг)!
Ushbu oyatda zikr qilingan Od, Samud qavmlari maʼlum va mashhur, ularning qissalari oʻtgan sura va oyatlarda ham koʻplab kelgan.
«Quduq egalari» kim ekanligi haqida tafsirchi ulamolarimiz ijtihodlari ila bir necha fikr aytganlar.
Biz «quduq» deb tarjima qilgan soʻz oyati karimada «rass» iborasi ila ifodalangan boʻlib, ichi mahkamlanmagan, nurab turgan quduqqa aytiladi. Rivoyatlarda kelishicha, oʻsha jinoyatchi qavm quduq atrofida oʻtirganlarida, u qulab, hammalari ichiga tushib halok boʻlgan ekanlar. Baʼzi tafsirchilarimiz, bu qavm Solih alayhissalom qavmi, desalar, boshqalari Shuayb alayhissalom qavmidir, deydilar. Ibn Jarir Tobariy esa, ular Uxdud egalaridir, degan ekanlar. Ular haqida «Buruj» surasida soʻz yuritilgan.
Shuningdek, turli asrlarda yashagan boshqa qavmlar ham Paygʻambarlarini yolgʻonga chiqarganlari uchun Alloh tomonidan halok etilganlar.
Hozirgi kofirlar shu voqealarni eslab, oʻrnak olishlari zarur.