وَقَوْمَ نُوحٍ لَّمَّا كَذَّبُوا۟ ٱلرُّسُلَ أَغْرَقْنَـٰهُمْ وَجَعَلْنَـٰهُمْ لِلنَّاسِ ءَايَةً ۖ وَأَعْتَدْنَا لِلظَّـٰلِمِينَ عَذَابًا أَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Nuh qavmi Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlarida g`arq etdik va ularni odamlarga ibrat qildik. Hamda Biz zolimlarga alamli azoblar tayyorlab qo`ydik.Ва Нуҳ қавми Пайғамбарларни ёлғонга чиқарганларида ғарқ этдик ва уларни одамларга ибрат қилдик. Ҳамда Биз золимларга аламли азоблар тайёрлаб қўйдик.Alauddin Mansour: Nuh qavmini (eslang)! Qachonki, ular paygʻambarlarini yolgʻonchi qilishgach, Biz ularni gʻarq qildik va ularni odamlar uchun oyat-ibrat qilib qoʻydik. Yana Biz zolim-kofir kimsalar uchun (Oxiratda ham) alamli azob tayyorlab qoʻygandirmiz.Нуҳ қавмини (эсланг)! Қачонки, улар пайғамбарларини ёлғончи қилишгач, Биз уларни ғарқ қилдик ва уларни одамлар учун оят-ибрат қилиб қўйдик. Яна Биз золим-кофир кимсалар учун (Охиратда ҳам) аламли азоб тайёрлаб қўйгандирмиз.
Hozirgi kofirlar bulardan ham oʻrnak olsinlar. Ulamolarimiz ushbu oyatdagi «Va Nuh qavmi Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarganlarida gʻarq etdik» jumlasidagi «Paygʻambarlarni» soʻziga alohida eʼtibor beradilar. Agar qavm bitta Paygʻambarni–Nuh alayhissalomni yolgʻonga chiqarsalar ham, Alloh taolo ularni jamiyki Paygʻambarlarni yolgʻonga chiqarishda ayblamoqda. Chunki, Allohning bir Paygʻambarini yolgʻonga chiqarish hamma Paygʻambarlarini yolgʻonga chiqarishga tengdir.