فَقُلْنَا ٱذْهَبَآ إِلَى ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا فَدَمَّرْنَـٰهُمْ تَدْمِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas: «Ikkingiz Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmga boring», dedik. So`ng ularni yer bilan yakson qildik.Бас: «Иккингиз Бизнинг оятларимизни ёлғонга чиқарган қавмга боринг», дедик. Сўнг уларни ер билан яксон қилдик.Alauddin Mansour: Va (u ikkisiga) dedik: «Bizning oyatlarimizni yolgʻon degan qavm (Firʼavn va uning qavmi) oldiga boringlar!» Bas, (ikkovlari borib, Allohning diniga daʼvat qilgan vaqtlarida, ular oʻz kufrlaridan qaytishmagach), Biz ularni (dengizga gʻarq qilish bilan) qirib tashladik.Ва (у иккисига) дедик: «Бизнинг оятларимизни ёлғон деган қавм (Фиръавн ва унинг қавми) олдига боринглар!» Бас, (икковлари бориб, Аллоҳнинг динига даъват қилган вақтларида, улар ўз куфрларидан қайтишмагач), Биз уларни (денгизга ғарқ қилиш билан) қириб ташладик.
Yaʼni, ey Muso, ey Horun, siz ikkovingiz Bizning oyatlarimizni yolgʻonga chiqargan Firʼavn va uning qavmiga boring, ularni Allohning yoʻliga daʼvat qiling, dedik. Ular bordilar, daʼvat qildilar, ammo qavm iymonga kelmadi.
«Soʻng ularni yer bilan yakson qildik.»
Hozirgi kofirlar ana oʻshalardan oʻrnak olsinlar.